Turaeva Gulizaxro Kaxxarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Don ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash istiqbollari”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2733
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Burxanov Alisher Xadjimuradovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Yashnarjon  Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi don ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning yalpi don hosili bilan ta’minlanganlik darajasini “barqarorligi yuqori” (67,1-79,0), “barqarorligi o‘rta” (55.1-67,0), “barqarorligi past” (43,1-55,0) va “barqaror emas” (31,0-43,0) kabi mezon va chegaralar asosida  baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
yuqori likvidli va monopol mahsulotlar narxlarini shakllantirishning bozor mexanizmlarini yaratish va birja faoliyatini erkinlashtirishga qaratilgan don bozorini raqamlashtirish diagnostikasining dastlabki shartlari asoslangan;
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subektlarni texnik-texnologik modernizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari taklif etilgan;
ishlab chiqarish barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni nazarda tutgan holda yalpi don hosili hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Don ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
donli mahsulotlar etishtirish barqarorligini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 04/34-05/5167-son, O‘zdonmahsulot” AKning 2023 yil 20 iyundagi 04-121-056 son ma’lumotnomalari). Natijada, hududlarning don mahsulotlari  bilan ta’minlanganlik darajasini ishlab chiqilgan mezonlar va chegaralar asosida tabaqali baholash imkoniyatlari yaratilgan;
erkin bozorga o‘tish sharoitida don bozori tizimini raqamlashtirishning diagnostika shartlari yuzasidan tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 04/34-05/5167-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli formatdagi don bozorini shakllantirish orqali don ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subektlari uchun tashqi va ichki bozorda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi;
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subektlarni texnik modernizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 04/34-05/5167-son, “O‘zdonmahsulot” AKning 2023 yil 20 iyundagi 04-121-056-son ma’lumotnomalari). Natijada, don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish hisobiga innovatsion texnologiyalar joriy etish asosida tizimda raqamlashtirish ko‘lamini yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratiladi;
ishlab chiqarish barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni nazarda tutgan holda yalpi don hosili hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 04/34-05/5167-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz qishloq xo‘jaligida yalpi don hosili  hajmi  2023 yilda erishilgan 8453,4 tonnadan 2030 yilga borib 9000,0 ming tonnaga, ya’ni 6,5 foizga oshishi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish