Abdurazakova Kanolaxon Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo aloqalarining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyoting siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss364
Ilmiy maslahatchi: Sirojov Oybek Ochilovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar:
Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Xurramov Musurmon Keldiyorovich, tarix fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rnining siyosiy xususiyatlarini ochib berish va mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“davlatlararo aloqalar”, “xalqaro munosabatlar ta’siridagi o‘zgarish”, “davlatlararo aloqalar trasformatsiyasi”, “mintaqaviy hamkorlik”, tushunchalarining tashabbus va loyihalar integratsiyasiga asoslangan mazmuni ochib berilgan;
O‘zbekiston-Qozog‘istonhamkorligining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan davlatlararo transport kommunikatsiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarishning diplomatik immunitet, xalqaro huquq bila n bogʼliq siyosiy echimlari ishsizlik va migratsiya muammolariga inson manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikda chora tadbirlar ko‘rish ochib berilgan;
hamkorlik jarayonlariga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish paradigmalari o‘zaro funksional va institusional kelishuvlarga erishish, hududlararo aloqalar rivojida chegaradosh hududlarning davlatlararo funksional va institutsional kelishuvlarga erishishdagi imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
mintaqaviy hamkorlikda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo aloqalarini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy imkoniyatlari sifatida ziyolilar dekadalarini tashkil etish, xalq diplomatiyasi, chegara hududlarda sohalar kesimida forumlar tashkil etishdan samarali foydalanish dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston-Qozog‘istondavlatlararo aloqalarining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni mavzusidagi olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
Tadqiqot ishi natijalaridan, xususan, ilmiy asoslangan xulosalar, nazariy ta’limotlar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining institutning axborot-taxliliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yoʼnalishlari (Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavsizlik masalalari, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning tarixi, hozirgi holati hamda istiqbollari) doirasidagi ilmiy yangiliklar va takliflar, SMTI faoliyati doirasidagi axborot-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, O‘zbekiston-Qozog‘iston hamda mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan tahlil qilish, manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tahliliy hujjatlar va forumlarda qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 14-mart 2022 yildagi 03-1/184 sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo aloqalarining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga doir tahliliy materiallarni takomillashuviga qaratilgan ijobiy tendensiya kuzatildi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo aloqalarining mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi ijtimoiy-siyosiy imkoniyatlari sifatida ziyolilar dekadalarini tashkil etish, halq diplomatiyasi, chegera hududlarda sohalar kesimida forumlar tashkil etishdan samarali foydalanishga oid hulosalardan Markaziy Osiyo xalqaro instituti tahliliy xujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan.(Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2022 yil 2-fevraldagi 03/03-2-68-sonli ma’lumotnomasi). Natijada institut tomonidan davlat va boshqa idoralari uchun O‘zbekiston va Qozogʼiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq tavsiyalarni takomillashuviga xizmat qilgan.
O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining ustuvor asoslari bo‘lgan davlatlararo transport kommunikatsiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarishning siyosiy echimlari, mintaqaviy havfsizlikni ta’minlash, ishsizlik va migratsiya muammolariga inson manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikda chora tadbirlar ko‘rish bilan bogʼliq takliflar Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahliliy markazi tomonidan foydalanilgan. (Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahliliy markazining 2022yil 14-fevraldagi 01/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan takliflar Markazning 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan ish rejasini takomillashuviga xizmat qildi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo aloqalarining mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘ziga xos imkoniyatlar, chegara hududlarda milliy bayramlarni birgalikda nishonlash, sohalar kesimida forumlar tashkil etish, ijodkorlar dekadalarini tashkil etishdan samarali foydalanish borasida davlatlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga doir hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari, davlatlararo transport kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, mintaqaviy havfsizlikni ta’minlash, ishsizlik va migratsiya muammolarini hal etishda birgalikda chora tadbirlar ko‘rish doirasidagi keltirilgan ilmiy hulosalar va ma’lumotlardan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasining madaniy va mafaoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasining 2024 yil 30-yanvardagi 014-sonli dalolatnomasi). Natijada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar davlatlararo munosabatlarning hozirgi holatini tahlil qilish va O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishida Elchixonaning tashqi siyosat strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
“davlatlararo aloqalar”, “xalqaro munosabatlar ta’siridagi o‘zgarish”, “davlatlararo aloqalar trasformatsiyasi”, “mintaqaviy hamkorlik”, tushunchalarining tashabbus hamda loyihalarga asoslangan zamonaviy mazmuni ochib berilib, davlatlararo aloqalar, mintaqaviy hamkorlik paradigmalarining siyosiy-kommunikativ xarakteriga doir ilmiy asoslangan tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Elchixonasi xuzurida tashkil etilgan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan ish rejasi yuzasidan olib boriladigan ishlar doirasidagi targʼibot tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Elchixonasining 2022 yil 14-yanvardagi 018/063-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Elchixona targʼibot tadbirlar rejasining takomillashuviga xizmat qilgan.