Iskandarova Dildoraxon Mannobjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy talaba yoshlar aksiologik orientatsiyasining ijtimoiy falsafiy tahlili (Farg‘ona vodiysi OTMlari talabalari misolida)”,  09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal.972.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Farida Xujamqulovna falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sodiqjonovich–falsafa fanlari doktori, dotsent. Aktamaliev  Asanbek Turgunbaevich–falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi OTMlari talaba yoshlarining aksiologik orientatsiyasi muammosini ijtimoiy falsafiy tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy talaba yoshlarning qadriyatlari va aksiologik tanlovi va orientatsiyasining genezisi,  taraqqiyoti ijtimoiy-aksiologik va tizimli dialektik fenomen (avlodlarning milliy-tarixiy, merosiy uzlyuksizligi, davomiyligi, ziddiyatliligi va o‘zaro aloqadorligi, yoshlar ehtiyojlarining muttasil ortib, dialektik o‘zgarib borishini aks ettiruvchi  ijtimoiy hodisa) sifatida jamiyatning barqaror va modernizatsion, innovatsion  taraqqiyotini ta’minlashdagi roli ochib berilgan;
talaba yoshlarning o‘sib borayotgan va anglangan  ehtiyojlari ularning zamonaviy aksiologik orientatsiyasining (intellektual va madaniy-ma’naviy  salohiyatga,  intilish va uni realizatsiya qilish, faollik, kreativ tafakkur, tanqidiy fikrlash, mobillik, axborot madaniyati, faol fuqarolik pozisiyasi, jamiyatda modernizatsiya jarayonining sub’ektiv omili bo‘lishi)  dinamik o‘sib boruvchi determinanti va kelajakka xizmat qiluvchi, salohiyatini realizatsiya qiluvchi hayoyoyoyoyomda hayotiy ijtimoiy – aksiologik ehtiyojga aylanib boruvchi omil ekanligi dialektik  va aksiologik nuqtai nazardan  aniqlangan;
talaba yoshlarni innovatsion qadriyatlarni tashuvchi va tarqatuvchi innovator va jamiyat barqaror dinamikasini ta’minlovchi yuksak ma’naviyatli shaxs, evolyusion davomchilari sifatida milliy aksiologik meros va innovatsiyalarni dialektik uyg‘unligi kontekstida yangi avlodlarga etkazuvchi,  ularni kreativlikka yo‘naltiruvchi faol sub’ektiv omil ekanligi mantiqiy dalillangan;
O‘zbekistonda yoshlarning manfaatlarini himoya qilishga, intellektual, madaniy, ma’naviy salohiyatini realizatsiya qilish asosida yoshlarning faol pozisiyaga ega bo‘lishi uchun sharoitlar  yaratishga qaratilgan va gumanistik tamoyil asosida amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining maqsadi va istiqbollarini (yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarish va realizatsiya qilish, innovatsion ongini yuksaltirish,  faoliyatida innovatsiyalarni tatbiq qilish, kreativlik, tanqidiy fikrlash) prognozlashtirish metodi orqali asoslab  berilgan;  
 talaba yoshlarning kelajakda mamlakatimizda ziyolilar qatlamini to‘ldirib boruvchi, ijtimoiy demografik guruh – intellektual salohiyatli  faol sub’ektiv omil  statusiga ega bo‘lishida jamiyatda imkoniyatlari va huquqlarini oshib borishida jamiyat barqarorligini ta’minlovchi aksiologik orientatsiyasi va yaratuvchilik roli ochib berilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy talaba yoshlar aksiologik orientatsiyasining ijtimoiy- falsafiy tahlili (Farg‘ona vodiysi OTMlari talabalari misolida) tadqiq etish asosida:
talaba yoshlar qadriyatlar tizimi va aksiologik orientatsiyasining metodologik jixatlarini o‘rganish asosida jamiyat barqarorligini ta’minlashda talaba yoshlar orientatsiyasining o‘rni ochib berilgan bo‘lib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining VIII yoʻnalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 45 bandi “Axoli ayniqsa yosh avlodning kiyinish madaniyatini rivojlantirishda milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini yoʻlga qo‘yish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Manaviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-iyundagi 238 son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda zamonaviy talaba yoshlar aksiologik orientatsiyasining ijtimoiy falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan.
Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida dissertatsiyaning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining zimmasiga ilm fan, ta’lim va ishlab chiqarishning hududiy uzviy bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha chora tadbirlarni belgilashi va amalga oshirilishi, xududlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro xamkorlik qilish va ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib, innovatsion infratuzilmalarni barpo etish. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ta’minlanishi zarurligi asoslantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 30-iyundagi 4-13-21-1798-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan taklif, tavsiya va xulosalardan yoshlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida keng foydalanilgan.
Dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zMTDP Markaziy kengashi 21-iyun 2023-yil 02/05-35-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiya ishida ilgari surilgan ta’lim jarayonida talaba yoshlarni innovatsion qadriyatlar tashuvchi va tarqatuvchi innovator va jamiyat barqaror taraqqiyotini evolyusion davomchilari sifatida milliy aksiologik meros va innovatsiyalarni uyg‘unlashtirgan holda yangi avlodlarga etkazuvchi subektiv omil ekanligi isbotlab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish