Nuriddinov Sardor Boboyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog'i nomi): “Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro transport hamkorligida O‘zbekistonning roli (siyosiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Siyosat falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1105
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat universiteti, kafedra professori, siyosat fanlari doktori Yunusov Kamoliddin Abzalovich, O‘sh texnologiya universiteti xalqaro va rivojlanish munosabatlar bo‘yicha prorektor, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Aktamaliev Asanbek Turgunbaevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro transport hamkorligida O‘zbekistonning rolini aniqlash va unda O‘zbekiston manfaatlariga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro transport hamkorligining zamonaviy konsepsiyalari iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo siyosiy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga qodir bo‘lgan g‘oyalar tizimi shakllantirilgan hamda xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari ijtimoiy jarayonlar dinamikasi asosida ochib berilgan;
xalqaro transport loyihalari doirasidagi o‘zaro bitimlarning mintaqaviy barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan muhim moddiy va ijtimoiy infratuzilmaviy omil ekanligi aniqlangan va buning asosida mintaqa davlatlarining o‘zaro hamkorligi transport va transit-logistika imkoniyatlarini yanada kengaytirishi ilmiy-falsafiy jihatdan dalillangan;
Markaziy Osiyo mintaqasida transport va logistika integratsiya jarayonlarining izchil rivojlanishida “xalqaro transport koridori” kategoriyasining geoiqtisodiy va geosiyosiy ahamiyatiga oid fundamental goyalarni yangilash va tizimlashtirishning falsafiy mohiyati tolerantlik, tenglik va manfaatdorlikka asoslangan tushunchalar asosida ochib berilgan;
“Bir makon - bir yo‘l” loyihasi asosidagi transport hamkorligining mintaqa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya g‘oyasining yagona mintaqaviy iqtisodiy makonni shakllantirishdagi birdamlikni ta’minlash, ziddiyatlarga barham berish, tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan xavflarga qarshi kurashishdagi siyosiy-falsafiy roli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro transport hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mahalliy, mintaqaviy, xalqaro transport koridorlari hamda, xalqaro transport tizimlarning multimodal va intellektual tushunchalarini siyosiy-falsafiy jihatdan tavsiflab, mintaqalararo savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari, diplomatik, madaniy munosabatlarni rivojlantirish jamiyatni texnologik tafakkurini yuksalishiga asos bo‘lishi ochib berilgan ilmiy natijalar va xulosalardan O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasining ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2023 yil 05 oktyabrdagi №01-04/299-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni anglab faol bo‘lish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishida, mafkuraviy immunitetning ortishida, falsafiy mushohadasining kengayishiga hamda loyiha doirasida tayyorlangan taklif-va tavsiyalarning mazmuna boyishiga xizmat qilgan;
xalqaro transport loyihalari doirasidagi o‘zaro bitimlarning mintaqaviy barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan muhim moddiy va ijtimoiy infratuzilmaviy omil ekanligi aniqlangan va buning asosida mintaqa davlatlarining o‘zaro hamkorligi barcha ishtirokchi davlatlar uchun yuqori tranzit imkoniyatlarini yanada kengayishi ilmiy jihatdan dalillangan tavsiyalardan “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Kelajakka yo‘l”, “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvlari va “Munosabat” tok-shousining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi”ning 2023 yil 25 oktyabrdagi 02-16-1585-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro transport hamkorligida O‘zbekiston rolining ahamiyatini oshirishga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi va xalqaro transport hamkorligi bo‘yicha sanab o‘tilgan ruknlardagi ko‘rsatuvlar mazmundorligi yanada boyitilgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda tolerantlik, tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirish imkoniyatlari (energiya resurslarini birgalikda qayta ishlash, mintaqaviy turizmni rivojlantirish, xalq diplomatiyasini kuchaytirish)ga oid takliflardan Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining “2023 yilga mo‘ljallangan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqish va keng targ‘ib qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 10 oktyabrdagi №02/22-1114 son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda iqtidorli yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tahlil etishga xizmat qilgan.
“Bir makon - bir yo‘l” loyihasi doirasida mintaqa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya g‘oyasining yagona mintaqaviy iqtisodiy makonni shakllantirishdagi birdamlikni ta’minlash, ziddiyatlarga barham berish, tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan xavflarga qarshi kurashishda siyosiy-falsafiy roliga oid nazariy umumlashma va tahlillardan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ doirasida Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro transport hamkorligida O‘zbekistonning rolining ahamiyatini oshirishga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi va xalqaro transport hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Strategik rivojlantirish, sanoat faoliyatini tashkil etish va mehnat muhofazasi boshqarmasining 2023 yil 23 noyabrdagi № 309 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu sohani yanada rivojlantirishga va temiryo‘lchi kadrlarning yuksak salohiyatli qilib tayyorlashga xizmat qilgan.