Xasanov Javohir Baxtiyor o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Kichik biznes sub’ektlari faoliyatida axborot tizimlaridan samarali foydalanish jarayonlarining tadqiqi. 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1750
Ilmiy rahbar: Begalov Baxodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdugaffarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abdullaev Munis Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes sub’ektlari faoliyatida axborot tizimlaridan samarali foydalanish jarayonlarining tadqiqi bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida AKTdan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarning darajasini “qimmat va erkin Internetga ega bo‘lmagan mamlakatlar” (0–30), “qisman bepul va arzon Internetga ega mamlakatlar” (30-60), “bepul va arzon Internetga ega mamlakatlar” (60-100) ball tizimida baholash mezonlari asosida aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
deming sikli doirasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi faoliyatidagi biznes tuzilmalarini boshqarishga nisbatan axborotlar muhiti ta’sirining konsentrik hududlar modeli ishlab chiqilgan;
“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo kichik biznes korxonalarining tarkibida Internet-portallar asosida biznes-jarayonlarning axborot almashuv sxemasi hamda ERP tizimlarning ishlashini ta’minlovchi namunaviy texnik arxitekturasi ishlab chiqilgan;
“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarda axborot kommunikatsiya tizimlaridan foydalanishning 2023-2030 yillardagi o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida axborot tizimlaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarning darajasini integral mezonlar asosida aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024 yil 03-maydagi FN-2/1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, katta miqdordagi soliqlar, faoliyat yuritish uchun lisenziya olishning qiyin mexanizmlari, yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishga uzoq vaqt ketishi, korrupsiya darajasi, texnologiyalarning rivojlanishi, mulk huquqi, davlatning soliq siyosati, investorlar himoyasi, sugʼurta bozorining rivojlanishi, so‘z erkinligi va tadbirkorlik faoliyati kabi 11ta ko‘rsatkichli kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida AKTdan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarning integral baholash mezoni bo‘yicha xalqaro uslubiyotlar asosida baholanib, O‘zbekiston 58.11 ballga ega ekanligi aniqlangan;
Deming sikli doirasidagi tadbirkorlik tuzilmalarini boshqarishga nisbatan axborotlar muhiti ta’sirining konsentrik hududlar (Concentric Zone Model) modeli tashkil etish bo‘yicha taklifi “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024 yil 03-maydagi FN-2/1310-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sefa Deri” va “Art Karavan” ma’suliyati cheklangan jamiyatining axborot kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish evaziga xar birining yillik daromadi qo‘shimcha 84 va 205 mln. so‘mga oshishi asoslangan;
kichik biznes va tadbirkorlikni jamoatchilik tashkilotlari qoshidagi Internet-portallar asosida axborot bilan qo‘llab-quvvatlash sxemasi tashkil etish taklifi “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024 yil 03-maydagi FN-2/1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida raqamli texnologiyalar milliy bozori uchun qulay muhitni yaratish, texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini, davlat-xususiy sheriklikni, ausorsing xizmatlari ko‘rsatish, endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun dasturiy ta’minotlarni ijaraga berish, Internet-portallari bazasida masofaviy o‘qishga imkoniyatlarni tashkillashtirish bo‘yicha senariylar taklif etilgan;
kichik biznes va tadbirkorlik tuzilmasi uchun biznes-jarayonlarning axborot boshqaruv tizimini tanlash algoritmi hamda ERP tizimlarning ishlashini ta’minlovchi namunaviy texnik arxitekturasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024 yil 03-maydagi FN-2/1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida elektron kooperatsiya portalini takomillashtiradi, “Interaktiv konsullik xizmatlari” axborot tizimini rivojlanishiga, davlat-xususiy sheriklik orqali tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini kengaytirish masalalarini echish imkonini ochib beradi.