Kadirova Nilufar Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish muammosi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (oʻzbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3119.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Zulxumor Inomovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Suyunov Husniddin Miltiqboevich, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari adabiyot darslarida o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish muammosi echimiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi motivatsiya, erkinlik, individuallik, ijtimoiylik kabi omillar badiiy asarni idrok qilishga doir uquv, fikrlarini bosqichma-bosqich tizimlashtirish kabi pedagogik-psixologik xususiytlar muayyan badiiy matn asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta’minoti faol o‘qish modelining turli xil strategiyalari adabiy tur va janrlar, badiiy asar strukturasi, badiiy-tarixiy, biografik, lingvistik bilimlar tizimli integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
muallif va o‘quvchi nuqtayi nazari konsepsiyasining metodik tizimi “o‘quvchi va matn” “muallif va matn” munosabatlarining muhim elementlarini badiiy asar tahliliga maqsadli qo‘llash asosida dalillangan;
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish metodikasi jahon adabiy ta’limidagi samarali metod, usul va texnologiyalardan intensiv jihatga ko‘ra foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish muammosi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi motivatsiya, erkinlik, individuallik, ijtimoiylik kabi omillar badiiy asarni idrok qilishga doir uquv, fikrlarini bosqichma-bosqich tizimlashtirish kabi pedagogik-psixologik xususiytlarga doir taklif va xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan IL-402104474. “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-martdagi 04/1-607-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi innovatsion texnologiyalar va noan’anaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta’minoti faol o‘qish modelining turli xil strategiyalari adabiy tur va janrlar, badiiy asar strukturasi, badiiy-tarixiy, biografik, lingvistik bilimlar integratsiyasiga doir taklif va xulosalardan 6–7- va 10-sinf yangi avlod Adabiyot darsliklarini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 13-martdagi 01/11-6-46-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning adabiyot o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishlariga doir individual, kasbiy va shaxsiy kompetentliligi ortishi, ularni amaliy qo‘llash ko‘nikmalari ortgan;
muallif va o‘quvchi nuqtayi nazari konsepsiyasining metodik tizimi “o‘quvchi va matn” “muallif va matn” munosabatlarining muhim elementlarini badiiy asar tahliliga qo‘llash asosida dalillanganiga, o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish metodikasi jahon adabiy ta’limidagi samarali metod, usul va texnologiyalardan intensiv foydalanish asosida takomillashtirilganiga doir takliflar va ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillar bajarilgan RZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy olima ayollar granti)” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-maydagi 04/1-1637-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini shakllantirish orqali og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyallarini rivojlantirishga erishilgan.