Dustmurodov G‘iyos Xusan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5021.
Ilmiy rahbar: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ruzikulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda orfoepiyani o‘qitish metodologiyasini nazariy asoslash, amaliy ishlab chiqish va eksperimental tekshirishni ta’minlash, bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirishga doir o‘quv mashqlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi fonetik, leksik birliklarning to‘g‘ri talaffuzini verbal, illyustrativ, oksilografik o‘quv materiallariga ko‘ra odatlantiruvchi audiovizual mashqlar tizimini orqali takomillashtirilgan;
zamonaviy, ijtimoiy-madaniy vaziyatda bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida adabiy talaffuz malakasini hosil qilish samaradorligini ta’minlaydigan odatlantiruvchi, tayyorlovchi va tekshiruvchi orfoepik mashqlarning, xususan, talaffuzda ko‘p xatoliklarga uchraydigan [o‘], [e], [u] va [i] unlilari, ayrim undoshlarning to‘g‘ri talaffuziga doir fonetik mashqlarning darajama-daraja rivojlanib boruvchi yangi tipologiyasi ochib berilgan;
dialekt muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning orfoepik xatolari ustida frontal, yakka va guruhlar bilan ishlashning innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari, motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan interaktivlik darajasini ta’minlash asosida ona tili o‘qituvchilari nutqga qo‘yilgan talablar fonetik jihatdan orfoepikaga doir o‘quv metodik ta’minotni yaratish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida talaffuzi qiyin tovush, so‘z va turli fonetik birliklar aniqlanib, ularni to‘gʻri talaffuz qilish bo‘yicha audiovizual, multimediali, raqamli axborot vositalaridan foydlanishga doir metodik ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida Ona tilidan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida talaffuzi qiyin tovush, so‘z va turli fonetik birliklar aniqlanganligiga, ularni to‘gʻri talaffuz qilish bo‘yicha audiovizual, multimediali, raqamli axborot vositalaridan foydlanishga doir metodik ta’minot ishlab chiqilganiga, bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish fonetik, leksik birliklarning to‘g‘ri talaffuzini verbal, illyustrativ, oksilografik o‘quv materiallari asosida odatlantiruvchi audiovizual mashqlar tizimini ishlab chiqilganiga  doir tavsiya va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli  “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 01/4-2687-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishlarida talaffuz mashqlari qismi pragmatik yondashuv asosida takomillashtirilgan materiallar bilan boyitilgan;
zamonaviy, ijtimoiy-madaniy vaziyatda bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida adabiy talaffuz malakasini hosil qilish samaradorligini ta’minlaydigan odatlantiruvchi, tayyorlovchi va tekshiruvchi orfoepik mashqlarning, xususan, talaffuzda ko‘p xatoliklarga uchraydigan [o‘], [e], [u] va [i]  unlilari, ayrim undoshlarning to‘g‘ri talaffuziga doir fonetik mashqlarning darajama-daraja rivojlanib boruvchi yangi tipologiyasiga doir tavsiya va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarga bajarilgan  PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 01/4-2688-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020-yilning 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining 2-bo‘lim 12-bandi ijrosi bo‘yicha ona tili o‘qitishning zamonaviy metodikasi dasturi ishlab chiqilgan;
dialekt muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning orfoepik xatolari ustida frontal, yakka va guruhlar bilan ishlashning innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari, motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlari, ona tili o‘qituvchilari nutiqga qo‘yilgan talablar fonetik jihatdan orfoepikaga doir o‘quv metodik ta’minotni yaratish, adabiy talaffuzga o‘rgatuvchi nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi, talaffuz mashqlari tizimini yaratishga doir tavsiyalaridan Prezident farmoni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining 2023-yil 5-dekabrdagi 3-m-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020-yilning 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini amalga oshirish dasturining 2-bo‘lim 7-12-bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ona tilidan talaffuz mashqlari to‘plami yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish