Mustafoeva Durdona Asilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida klasterli yondashuv asosida mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped645.
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Alijon Atabekovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida klasterli yondashuv asosida mutaxassis kadrlarni boshqaruvchanlik kompetentligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klasterli yondashuv asosida mutaxassis kadrlarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda boshqaruvchanlik kompetentligining tarkibiy qismlarini belgilash (bilish darajasi, ijtimoiy-shaxsiy va kasbiy-pedagogik) hamda tanqidiy-ijodiy fikrlash, shaxsiy va kasbiy sifatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
mutaxassis kadrlarni boshqaruvchanlik kompetentligini takomillashtirish modeli mazmunli, diagnostik, kommunikativ hamda loyihalash tashkiliy faoliyat traektoriyalarni strategik tashxislash, mutaxassis kadrlar bilan ishlashda individual-psixologik va pedagogik shart-sharoitlari imkoniyalarini produktivlik darajasiga barqaror moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
ta’limni modernizasiyalash sharoitida mutaxassis kadrlarning samarali boshqaruv faoliyati mexanizmlari klasterli yondashuv tamoyillari asosida antropologik, autopsixologik xususiyatlariga muvofiq amaliy g‘oyalarni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi tashkiliy-hamkorlik mexanizmi boshqaruv faoliyatini jamoada rivojlantirish dinamikasiga bo‘lgan ehtiyojlar, turli vaziyatlarda ijtimoiy bashoratlash funksiyalari orqali klasterli yondashuv asosida adekvatlik va validlik bo‘yicha takomillashtirilgan;
mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini yaratish mezonlari aksiologik munosabatning baholash ko‘rsatkichlarini prognostik, diagnostik, motivasion, ijodkorlik sifatlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Klasterli yondashuv asosida mutaxassis kadrlarni boshqaruvchanlik kompetentligini rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
klasterli yondashuv asosida mutaxassis kadrlarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda boshqaruvchanlik kompetentligining tarkibiy qismlarini belgilash (bilish darajasi, ijtimoiy-shaxsiy va kasbiy-pedagogik) hamda tanqidiy-ijodiy fikrlash, shaxsiy va kasbiy sifatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligi yuzasidan takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/01-01-98-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
mutaxassis kadrlarni boshqaruvchanlik kompetentligini takomillashtirish modeli mazmunli, diagnostik, kommunikativ hamda loyihalash tashkiliy faoliyat traektoriyalarni strategik tashxislash, mutaxassis kadrlar bilan ishlashda individual-psixologik va pedagogik shart-sharoitlari imkoniyalarini produktivlik darajasiga barqaror moslashtirish orqali takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan yosh mutaxassis kadrlarni boshqaruv kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan “Kasbiy pedagogika” nomli darslik (№ 26964 guvohnoma), magistratura yo‘nalishlari uchun “Metodika prepodavaniya spesial`nix dissiplin” nomli darslik (№15644 guvohnoma) ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/01-01-98-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar ta’lim jarayonida mutaxassis kadrlarda boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha didaktik ta’minotni boyitishga xizmat qilgan;
ta’limni modernizasiyalash sharoitida mutaxassis kadrlarning samarali boshqaruv faoliyati mexanizmlari klasterli yondashuv tamoyillari asosida antropologik, autopsixologik xususiyatlariga muvofiq amaliy g‘oyalarni tatbiq etish orqali takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan “Professional ta’lim tizimida nazariya va amaliyot birligi asosida malakali kadrlar tayyorlash” (2021-2024 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/01-01-98-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar mutaxassis kadrlar boshqaruv va kasbiy kompetentligini rivojlantirish darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi tashkiliy-hamkorlik mexanizmi boshqaruv faoliyatini jamoada rivojlantirish dinamikasiga bo‘lgan ehtiyojlar, turli vaziyatlarda ijtimoiy bashoratlash funksiyalari orqali klasterli yondashuv asosida adekvatlik va validlik bo‘yicha takomillashtirilganligiga oid takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha elekton darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/01-01-98-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron ta’minot ta’lim jarayonida klasterli yondashuv asosida mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini rivojlantirish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini yaratish mezonlari aksiologik munosabatning baholash ko‘rsatkichlarini prognostik, diagnostik, motivasion, ijodkorlik sifatlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar mazmuniga singdirilgan yuzasidan takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/01-01-98-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini rivojlantirish, ta’lim jarayonida klasterli yondashuvning samaradorligini oshirish hamda o‘zini-o‘zi boshqarish kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni aniqlashga, uslubiy-metodik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan.