Atamatov Abduxalil Salomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishni boshqarish mexanizmi (menejment yo‘nalishi misolida)”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1DSc/Ped877.
Ilmiy maslahatchi: Raxmankulova Nargiz Xadjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Salieva Zuxra Taxirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turaqulov Olimjon Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamanazarov Abduxakim Bozorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishni boshqarish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim mazmuni transformatsiyasi sharoitida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmlari bo‘lajak mutaxassislarning tanqidiy fikrlashini shakllantirish, mustaqil ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni integratsiyalashuvi uzviyligini boshqarish asosida takomillashtirilishi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirishning raqamlashtirilgan pedagogik shart-sharoitlari o‘quv jarayonida raqamli va virtual ta’lim resurslaridan foydalanish, onlayn va adaptiv ta’limga ustuvor ahamiyat berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini tashkil etish va monitoring qilishning avtomatlashtirilgan platformasi asosida ta’lim jarayonini raqamlashtirish bosqichlarining izchilligi va uzlyuksizligini ta’minlash, talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasini oshirish, innovatsiyalarga intilish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga tez moslashish imkoniyatini beruvchi tizim-axborot, shaxsiy faoliyat va innovatsion yondashuvlarini boshqarish mexanizmi taklif etilgan;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan va talabalarning pedagogik sharoitlarga innovatsion va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida mustaqil ishlarni bajarishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradigan, konseptual va samarali bloklarning izchilligi va uzlyuksizligini ta’minlaydigan funksional blok modeli ishlab chiqilgan;
ta’lim jarayonini boshqarishning raqamli texnologiyalarini joriy etish orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni, menejment ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni tayyorlash, monitoring qilish metodik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovatsion yondashuvlar asosida kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim mazmuni transformatsiyasi sharoitida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmlari bo‘lajak mutaxassislarning tanqidiy fikrlashini shakllantirish, mustaqil ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni integratsiyalashuvi uzviyligini boshqarish asosida takomillashtirilishi asoslanganligi yuzasidan takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-martdagi 02/02-877-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini, ta’lim sifatini oshirish borasidagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirishning raqamlashtirilgan pedagogik shart-sharoitlari o‘quv jarayonida raqamli va virtual ta’lim resurslaridan foydalanish, onlayn va adaptiv ta’limga ustuvor ahamiyat berish asosida takomillashtirilganligi hamda o‘quv jarayonini tashkil etish va monitoring qilishning avtomatlashtirilgan platformasi asosida ta’lim jarayonini raqamlashtirish bosqichlarining izchilligi va uzlyuksizligini ta’minlash, talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasini oshirish, innovatsiyalarga intilish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga tez moslashish imkoniyatini beruvchi tizim-axborot, shaxsiy faoliyat va innovatsion yondashuvlarini boshqarish mexanizmi taklif etilganligi yuzasidan takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-martdagi 02/02-877-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari uchun metodik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan va talabalarning pedagogik sharoitlarga innovatsion va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida mustaqil ishlarni bajarishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradigan, konseptual va samarali bloklarning izchilligi va uzlyuksizligini ta’minlaydigan funksional blok modeli ishlab chiqilganligi yuzasidan takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-martdagi 02/02-877-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan mazkur platforma talabalarda kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni baholash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonini boshqarishning raqamli texnologiyalarini joriy etish orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni, menejment ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni tayyorlash, monitoring qilish metodik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan yuzasidan takliflar Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasifaoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-martdagi 02/02-877-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmunini shakllantirishda, o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.