Jo‘raev Farhod Mamadiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari” 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1088
Ilmiy rahbar: Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.05/15.12.2022.I.155.01
Rasmiy opponentlar: Xamrayeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bobojonov Ihtiyor Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori (Germaniya).
Etakshi tashkilot nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasini “past” (0 ≤ II ≤ 0,35), “o‘rta” (0,36 ≤ II ≤ 0,75) va “yuqori” (0,76 ≤ II ≤ 1) darajali mezonlar asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
bog‘dorchilik tarmog‘ining yalpi mahsulot qiymatiga innovatsion texnologiyalarning ta’sirini baholash maqsadida “innovatsion texnologiyalarning soni” “joriy qilingan innovatsion texnologiyalar” hamda “innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi” kabi indikatorlarni hisobga olgan holda uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
bog‘dorchilikda gilos navlarini himoyalangan er maydonlarida etishtirishda “In vitro” usuli qo‘llash orqali hosilni ko‘proq saqlab qolish imkonini beruvchi istiqbolli amaliy xaritasi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni samarali tashkil etish hisobiga bog‘dorchilik mahsulotlari qiymatining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligida bog‘dorchilik yalpi mahsulot qiymatiga innovatsion texnologiyalarning ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv “innovatsion texnologiyalar soni”, “o‘z kuchi bilan ishlab chiqilgan innovatsiyalar hajmi” va “innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi” kabi omillarni hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-apreldagi 05/34-06/345-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ekin maydonining 1 foizga ko‘payishi, viloyatda bog‘dorlikshilikda yalpi mahsulot qiymatini 0,6 foizga ya’ni, 16695,0 ming so‘mga oshishiga, innovatsion texnologiyalar sonining va o‘z kushi bilan ishlab shiqilgan innovatsiyalar hajmining 1 foizga oshishi bog‘dorchilik yalpi mahsulot qiymatining mos ravishda 6,5 va 9 foizga oshishi ilmiy asoslangan;
bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasini baholash uchun ishlab chiqilgan “Innovatsiya indeksi” (Innovation Index) usuli, ularning past, o‘rta va yuqori mezonlarini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-apreldagi 05/34-06/345-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, oliy ma’lumotli fermer xo‘jaliklari rahbarlarida yangiliklarga bo‘lgan intilish va uni tarmoqda joriy etishga moyillik yuqori bo‘lib, ular sonining 1 foizga oshishi tarmoqda innovatsion texnologiyalarni joriy qiladigan fermerlar sonini 3,4 foizga oshishiga, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligining 1 foizga oshishi innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni 15 foizga oshishiga, fermer xo‘jaliklarining boshqa daromad manbalarining 1 foizga oshishi innovatsiyalarni qo‘llashni 10 foizga oshishi ilmiy asoslangan. Tarmoq innovatsiyalardan xabardor fermerlarning 1 foizga oshishi ushbu texnologiyalarni qo‘llashni 7,3 foizga oshirish imkonini bergan;
bog‘dorchilikda gilos navlarini intensiv “In vitro” usulida ko‘paytirish texnologiyasini qo‘llash orqali himoyalangan er maydonida ochiq maydonga nisbatan hosilni ko‘proq saqlab qolish imkonini berish bo‘yicha ishlab chiqilgan istiqbolli amaliy xaritani qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-apreldagi 05/34-06/345 hamda Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2023-yil 29-avgustda tasdiqlangan tavsiya). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, gilos navlarini intensiv “in vitro” usulida ko‘paytirish texnologiyasidan foydalanish hisobiga fermer xo‘jaligining 10 gektar er maydonida gilos etishtirishdan olingan yalpi foyda an’anaviy usulda 70350 ming so‘mni, in vitro usulida 104070 ming so‘m, rentabellik darajasi an’anaviy usulda 238 foizni, in vitro usulida 441,3 foizni tashkil etgan va an’anaviy usulda etishtirilgan gilosga nisbatan mahsulot etishtirishda foydani 1,48 martaga ko‘proq olish imkonini berishi asoslangan hamda fermer xo‘jaligining 1 gektar himoyalangan er maydonida ochiq maydonga nisbatan mahsulot etishtirishda olingan foyda 326502 ming.so‘mni hamda rentabellik darajasi 119,3 foizga oshgan.
qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni samarali tashkil etish hisobiga bog‘dorchilik mahsulotlari qiymatining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-apreldagi 05/34-06/345-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligiga joriy etilgan innovatsiyalar soni 2030-yilga borib 716 taga yoki 2022-yilga nisbatan 3 martaga oshishi hamda Toshkent viloyati bog‘dorchilik mahsulotlari hajmi 2030-yilga kelib 67,3 ming tonnani tashkil qilishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish