Saidova Muxlisa Axrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bemorlarda COVID-19 dan keyin og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralarining klinik kechishi va diagnostikasining o‘ziga xos xususiyatlari” 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2508.
Ilmiy raxbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshlent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kabirova Milyausha Fauzievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azimov Muxammadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati trofik yaralarining klinik kechishi va diagnostikasining xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz shilliq qavati trofik yarasining kattaligi autoflyuoressent stomatoskopiya usulida o‘lchanganda yaraning o‘lchami haqida to‘liq ma’lumotlar berishi aniqlangan;
COVID–19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasida disbiyotik o‘zgarishlarni aniqlash zarurati asoslangan;
ilk bor COVID-19 ning trofik yaralar rivojlanishiga ta’siri endotelial disfunksiyaning belgisi bo‘lgan qon zardobida endotelin-1 ni aniqlash orqali asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda trofik yaralarni tashxislash uchun optimal algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID–19 bilan kasallangan bemorlarda trofik yaralarni tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda trofik yaralar diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: og‘iz shilliq qavati trofik yarasining kattaligi autoflyuoressent stomatoskopiya usulida o‘lchanganda yaraning o‘lchami haqida aniqroq natijalar berishi haqidagi takliflar Toshkent davlat stomatologiya institut Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/45-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari klinik kechishining xususiyatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Toshkent davlat stomatologiya institut Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/46-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari tashxisini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-amaliy markazining 11.10.2023 yildagi 1-A/450 sonli buyruqlari bilan hamda Buxoro viloyati “BEST DENT PLUS” xususiy klinikasining 16.10.2023-yildagi №4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024-yil 3-yanvardagi 03-z/39 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: autoflyuoressent stomatoskopiya tekshiruvi asosida og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralarining hajmi o‘rganilgan hamda olingan natijalar planimetriya usulidan olingan natijalar bilan taqqoslanganda, zararlanish o‘chog‘ining hajmi 1-2 mm ga kattaroq ekanligi aniqlangan va 1ta bemorda malignizatsiya jarayonining boshlanishini bildiruvchi qorayish maydoni aniqlangan. Bu esa o‘z navbatida og‘iz shilliq qavati yaralarida diagnostikani yanada takomillashtirish, xavfli kasallikni erta aniqlash imkoniyatlarini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash uchun xarajatlar miqdori har bir bemor uchun 1300000 so‘m, autofluoressent stomatoskopiya yordamida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining trofik yaralarini tashxislash va mikrotsirkulyasiyani aniqlash uchun biokimyoviy markerlarni aniqlash uchun xarajatlar miqdori esa 508000 so‘mni tashkil etadi. Har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Tatbiq natijalarida Covid-19 dan so‘ng uchraydigan og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash xarajatlaridan 2,6 marta arzonroq ekanligi aniqlangan. Bu esa har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID - 19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasida disbiyotik o‘zgarishlarni aniqlash zarurati asoslandi, chunki yara yuzasida Streptococcus spp, Enterococcus spp, P. Neisseria, B. forsynthus, P. intermedia topilganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/45-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari klinik kechishining xususiyatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/46-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari tashxisini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-amaliy markazining 11.10.2023 yildagi 1-A/450 sonli buyruqlari bilan hamda Buxoro viloyati “BEST DENT PLUS” xususiy klinikasining 16.10.2023-yildagi №4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024-yil 3-yanvardagi 03-z/39 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: trofik yarasi bo‘lgan, COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda disbiyotik o‘zgarishlar aniqlanishi va ikkilamchi infeksiyani istisno qilish uchun asosiy kasallikni davolash paytida dori vositalari bilan ushbu buzilishlar tuzatilishi kerakligi ilmiy asoslab berildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash uchun xarajatlar miqdori har bir bemor uchun 1300000 so‘m, tashxislashning optimal algoritmini qo‘llanganda esa ushbu xarajatlar miqdori 508000 so‘mni tashkil etadi. Har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Tatbiq natijalarida Covid-19 dan so‘ng uchraydigan og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash xarajatlaridan 2,6 marta arzonroq ekanligi aniqlangan. Bu esa har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 ning trofik yaralar rivojlanishiga ta’siri endotelial disfunksiyaning belgisi bo‘lgan qon zardobida endotelin-1 ni aniqlash orqali asoslanganligi Toshkent davlat stomatologiya institut Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/45-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari klinik kechishining xususiyatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Toshkent davlat stomatologiya institut Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/46-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari tashxisini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-amaliy markazining 11.10.2023 yildagi 1-A/450 sonli buyruqlari bilan hamda Buxoro viloyati “BEST DENT PLUS” xususiy klinikasining 16.10.2023-yildagi №4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024-yil 3-yanvardagi 03-z/39 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Trofik yarasi bo‘lgan bemorlarning qon zardobida endotelin-I konsentratsiyasining oshishi COVID-19 bilan bog‘liq tizimli qon tomir kasalliklariga reaksiya sifatida qaralishi kerakligi, trofik yaralarda endotelial disfunksiya belgilari konsentratsiyasining notekis o‘sishi endotelial disfunksiya rivojlanishining murakkab biokimyoviy mexanizmlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida kasallikning etiopanogenezini tezda aniqlash hamda kasallikni davolash uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash uchun xarajatlar miqdori har bir bemor uchun 1300000 so‘m, tashxislashning optimal algoritmini qo‘llanganda esa ushbu xarajatlar miqdori 508000 so‘mni tashkil etadi. Har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. kasallikni etiopatogenezini aniqlash orqali bemorga to‘g‘ri va tez tashxis qo‘yish imkoniyatini beradi, bu esa tashxis qo‘yish vaqtini qisqartirishga va tibbiy yordam xarajatlari, tibbiyot xodimlari vaqtini tejalishiga imkon beradi. Xulosa: Tatbiq natijalarida Covid-19 dan so‘ng uchraydigan og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash xarajatlaridan 2,6 marta arzonroq ekanligi aniqlangan. Bu esa har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda trofik yaralarni tashxislash uchun optimal algoritm ishlab chiqilganligi Toshkent davlat stomatologiya institut Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/45-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari klinik kechishining xususiyatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Toshkent davlat stomatologiya institut Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 31 mayda 04R/46-son bilan tasdiqlangan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralari tashxisini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-amaliy markazining 11.10.2023 yildagi 1-A/450 sonli buyruqlari bilan hamda Buxoro viloyati “BEST DENT PLUS” xususiy klinikasining 16.10.2023-yildagi №4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024-yil 3-yanvardagi 03-z/39 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: uchun COVID-19 boshidan o‘tgan bemorlarda trofik yaralarni tashxislash algoritmini qo‘llash kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yishga hamda tezda to‘g‘ri davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash uchun xarajatlar miqdori har bir bemor uchun 1300000 so‘m, tashxislashning optimal algoritmini qo‘llanganda esa ushbu xarajatlar miqdori 508000 so‘mni tashkil etadi. Har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Tatbiq natijalarida Covid-19 dan so‘ng uchraydigan og‘iz bo‘shlig‘i trofik yaralarini an’anaviy usullar bilan tashxislash xarajatlaridan 2,6 marta arzonroq ekanligi aniqlangan. Bu esa har bir bemor miqyosida hisoblanganda 792000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan; umumiy 104 nafar og‘iz bo‘shlig‘i trofik yarasi bo‘lgan bemorga hisoblanganda 82368000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.