Kasimov Xayotbek Kabulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Allergik rinit bilan og‘rigan bolalarda o‘tkir rinosinusitni klinik-eksperimental tavsifi va davolashni takomillashtirish» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga  olingan raqam: № B2021.2.PhD/Tib603.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan  muassasa  nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Medeulova Aygul Raxmanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Shamsiev Djaxangir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomli Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalrda allergik rinit fonida kechuvchi o‘tkir rinosinusitlarni klinik, funksional, laborator va morfologik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan xolda majmuaviy davolashni takmillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinuslarning klinik kechishining, burun funksional ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarining o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi asoslangan;
o‘tkir rinosinusitni va allergik rinit fonida kechganda  burun va  uning yondosh bo‘shliqlari anatomik tuzilmalarining to‘qimalarida o‘ziga xos namoyon bo‘ladigan morfologik o‘zgarishlar bo‘lishi isbotlangan;
allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusitli bolalarda klinik, funksional, laboratoriya va morfologik o‘zgarishlar  o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik borligi isbotlangan;
bolalarda allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusitni majmuaviy davolash tarkibida yallig‘lanishga qarshi, antibakterial ta’sirga ega kombinatsiyalangan  dori vositasining maxaliy qo‘llashning yuqori samaradorlikga egaligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yildagi 29  aprel`dagi №06/20-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 10 fevralda 06/477-son xat yuborilgan.
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinuslarning klinik kechishining, burun funksional ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarining o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.11.2021 yildagi 10-son buyruq bilan hamda  Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.12.2021 yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusit  bilan xastalangan bolalarning LOR bo‘limida bir kunlik yotish narxi, davolash ratsoniga muvofiq, 70000-100000 so‘m bo‘lib, erta, to‘g‘ri tashxisot va davolanish bemorlarning shifoxonada qolishining o‘rtacha davomiyligini o‘rin-kunning 14,3 dan 11,3 kungacha qisqarishi hisobidan o‘rtacha 3 kunga kamroq statsonarda bo‘lishiga, natijasida 1 nafar bemor uchun  sarflanadigan 1 kunlik mablag‘ 210000-300000 so‘m oralig‘ida qisqargan. Buning natijasida 1 nafar bemor uchun statsionarda bo‘lishning o‘rtacha 3 kunga qisqarishi xisobiga bu davrdagi xarajatlarni 1215000 so‘mdan 960500 so‘mga kamayishiga erishildi, ya’ni iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi o‘rtacha 254500 so‘mni tashkil etdi (ADTI klinikasi klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: bolalarda allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinuslarning klinik kechishining, burun funksional ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarining o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini asoslanganligi statsionarda davolash xarajatlari iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 254500 so‘mni tashkil etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir rinosinusitni va allergik rinit fonida kechganda  burun va  uning yondosh bo‘shliqlari anatomik tuzilmalarining to‘qimalarida o‘ziga xos namoyon bo‘ladigan morfologik o‘zgarishlar bo‘lishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.11.2021 yildagi 10-son buyruq bilan hamda  Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.12.2021 yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusit  bilan xastalangan bolalarda burun va  uning yondosh bo‘shliqlari anatomik tuzilmalarining to‘qimalarida o‘ziga xos namoyon bo‘ladigan morfologik o‘zgarishlarni boshqa ko‘rsatkichlar bilan biralikda maqsadli majmuaviy taxlil etilishi orqali 1 nafar bemor uchun statsionarda davolash vaqtini 21%ga qisqartirish orqali davlat byudjetidan o‘rtacha 254500 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tekshirilgan bemorlarda burun va  uning yondosh bo‘shliqlari anatomik tuzilmalarining to‘qimalarida o‘ziga xos namoyon bo‘ladigan morfologik o‘zgarishlarni boshqa ko‘rsatkichlar bilan biralikda maqsadli majmuaviy taxlil qilish shifoxonada  1 nafar bemor uchun statsionarda davolanish davomiyligini  21%ga qisqartirish orqali davlat byudjetidan o‘rtacha 254500  so‘mga iqtisod qilishga erishish imkonini bergan.
uchinchi  ilmiy yangilik: allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusitli bolalarda klinik, funksional, laboratoriya va morfologik o‘zgarishlar  o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik borligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.11.2021 yildagi 10-son buyruq bilan hamda  Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.12.2021 yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: LOR bo‘limida allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusit  bilan xastalangan bolalarning klinik, funksional, laboratoriya va morfologik o‘zgarishlar  o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik inobatga olgan erta, to‘g‘ri tashxisot va davolanish ishlarini tashkil etish  bemorlarning  shifoxonada qolishining o‘rtacha davomiyligini o‘rin-kunning 14,3 dan 11,3 kungacha qisqarishi hisobidan o‘rtacha 3 kunga kamroq statsonarda bo‘lishiga erishildi, natijasida 1 nafar bemor uchun  sarflanadigan 1 kunlik mablag‘ 210000-300000 so‘m oralig‘ida qisqargan. Buning natijasida 1 nafar bemor uchun statsionarda bo‘lishning o‘rtacha 3 kunga qisqarishi xisobiga iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi o‘rtacha 254500 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: xar bir xolatda klinik, funksional, laboratoriya va morfologik o‘zgarishlar  o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik borligi isbotlanganligi statsionarda davolash xarajatlari iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 254500 so‘mni tashkil etdi (1 nafar bemor uchun)
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusitni majmuaviy davolash tarkibida yallig‘lanishga qarshi, antibakterial ta’sirga ega kombinatsiyalangan dori vositasining maxaliy qo‘llashning yuqori samaradorlikga egaligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.11.2021 yildagi 10-son buyruq bilan hamda  Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.12.2021 yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: LOR bo‘limi sharoitida bolalarda allergik rinit fonida kechuvchi  o‘tkir rinosinusitni majmuaviy davolash tarkibida yallig‘lanishga qarshi, antibakterial ta’sirga ega kombinatsiyalangan  dori vositasining maxaliy qo‘llash orqali 1 nafar bemorni statsionarda davolanish davomiyligini  21%ga qisqartirish va bu vaqtdagi  iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 254500 so‘m o‘rtacha tashkil etdi.
Xulosa: bemorlarda maqsadli yallig‘lanishga qarshi, antibakterial ta’sirga ega kombinatsiyalangan  dori vositasining maxaliy qo‘llashning asoslanganligi statsionarda davolanish davomiyligini  21%ga qisqartirish va bu vaqtdagi  iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 254500 so‘m o‘rtacha tashkil etdi (1 nafar bemor uchun).

Yangiliklarga obuna bo‘lish