Qodirov Bahodir Tursunovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining samaradorligini oshirish (Farg‘ona vodiysi miqyosida)”.
Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2519
Ilmiy rahbar: Bo‘taboev Maxamadjon To‘ychievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03/
Rasmiy opponentlar:   i.f.d., professor  Maxmudov Nosir Maxmudovich,   i.f.d., professor  Abdullaev Abdujabbor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik – qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mutloq  va nisbiy omillar ta’siri ilmiy asoslangan;
fotovoltaik elektr ishlab chiqarish imkoniyati va iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi quyosh energiyasining mumkin bo‘lgan foydalanish salohiyatining “min” va “max” chegaraviy miqdorlari asoslangan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini integratsiyalashgan nisbiy ko‘rsatkichlar asosida baholash usullari ishlab chiqilgan ( ,  ,  ,  ,  );
 ekonometrik modellar asosida qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
qayta tiklanuvshi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ta’sir etuvshi mutloq va nisbiy omillar ilmiy asoslab berilgan(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar samarasining oshishiga olib keldi;
fotovoltaik elektr ishlab chiqarish imkoniyati va iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi quyosh energiyasining mumkin bo‘lgan foydalanish salohiyatining minimal va maksimal darajalari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2024 yil 26-yanvar kungi № 04-13-594–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan qo‘yosh energiyasidan foydalanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini integratsiyalashgan nisbiy ko‘rsatkichlar asosida baholash usullari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2024 yil 26-yanvar kungi № 04-13-594–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini baholash natijalarining aniqlik darajasining oshishiga olib keldi;
ekonometrik modellar asosida qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2024 yil 26-yanvar kungi № 04-13-594–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish salohiyatini va sohaning kelgusidagi istiqbolli chora-tadbirlarni belgilashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish