Abduraxmonov G‘ayratjon Zokirovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida g‘oyaviy birlashuv zaruriyati: ijtimoiy- falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fa989
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich Baxromovich falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent G‘aniev Bahodirjon Sadikjonovich, Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda g‘oyaviy birlashuv zaruriyatining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida g‘oyaviy birlashuv zaruriyati, “g‘oyaviy birlashuv” tushunchasining mazmun-mohiyati hamda uni ijtimoiy birdamlikni ta’minlovchi paradigma ekanligi yakkalik, xususiylik va umumiylik kabi dialektik kategoriyalar orqali ochib berilgan;
jamiyatda g‘oyaviy birlashuvni shakllantirishda ijtimoiy qadriyatlar (xulq-atvor, tarbiya va dunyoqarash)ni qayta baholash va o‘zgartirish, bag‘rikenglik va toleratlik muhitini yaratish, yagona ijtimoiy maqsad asosida birlashish istagi va ehtiyojini qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish vazifalari ochib berilgan;
g‘oyaviy birlashuvni ijtimoiy masuliyat, fidoyilik va daxldorlik fazilatlariga asoslanishi, milliy qadriyatlar qadrlash va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishga tayanishi hamda etno-ijtimoiy birlik sifatida jamiyatni mavjud bo‘lish sharti ekanligi asoslangan;
g‘oyaviy birlashuvni falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida jamiyatda hamjihatlik muhitini emiruvchi (kosmopolitizm, marginallashuv, ommaviy madaniyat, millatchilik, aqidaparastlik) go‘yalarini “ijtimoiy davlat” konsepsiyasini amalga oshirishdagi salbiy ta’sirlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida g‘oyaviy birlashuv zaruriyati muammosini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida g‘oyaviy birlashuv zaruriyati, “g‘oyaviy birlashuv” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishga doirtaklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida keng foydalanilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” nomli II bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 14-oktyabrdagi 309-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘oyaviy tarbiyaning mehr-totuvlik-ahillik kabi mezonlari ta’siri orqali kishilarda ijtimoiy birdamlik tamoyillarini shakllantirish hamda ijtimoiy birdamlikni ta’minlovchi paradigma ekanligi yakkalik, xususiylik va umumiylik kabi dialektik kategoriyalar orqali ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda g‘oyaviy birlashuvni shakllantirishda ijtimoiy qadriyatlar (xulq-atvor, tarbiya va dunyoqarash)ni qayta baholash va o‘zgartirishga doir taklif va tavsiyalaridan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Millat va ma’naviyat”, “Ta’1im va taraqqiyot” “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 3-noyabrdagi 04-36-1656-son dalolatnomasi). Natijada, kishilarda samarali hamkorlik munosabatlari o‘zaro hurmat va ishonchga asoslanuvchi konstruktiv muloqotning shakllanishi, bag‘rikenglik va toleratlik muhitini yaratish, yagona ijtimoiy maqsad asosida birlashish istagi va ehtiyojini qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish vazifalarni ochib berishga xizmat qilgan;
g‘oyaviy birlashuvni ijtimoiy masuliyat, fidoyilik va daxldorlik fazilatlariga asoslanishi, milliy qadriyatlar qadrlash va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishga tayanishiga doir xulosa va ilmiy yangiliklaridan Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida keng foydalanilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” nomli II bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 14-oktyabrdagi 309-son ma’lumotnomasi). Natijada, etno-ijtimoiy birlik sifatida jamiyatni mavjud bo‘lish sharti ekanligi hamda shaxsda milliy ma’suliyatni yuksaltirish, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
g‘oyaviy birlashuvni falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida jamiyatda hamjihatlik muhitini emiruvchi (kosmopolitizm, marginallashuv, ommaviy madaniyat, millatchilik, aqidaparastlik) go‘yalarini “ijtimoiy davlat” konsepsiyasini amalga oshirishdagi salbiy ta’sirlari ochib berishga doir xulosa va takliflaridan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Millat va ma’naviyat”,“Ta’1im va taraqqiyot” “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 3-noyabrdagi 04-36-1656-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida ijtimoiy birdamlik tamoyillarini shakllantirish orqali ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash yo‘llarini asoslashga xizmat qilgan.