Glazova Marina Viktorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Energetika tarmog‘i korxonalarining moliyaviy menejment vositalarida boshqaruv hisobi uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.PhD/Iqt2122.
Ilmiy maslahatchilari: Popkova Elena Gennadevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Butikov Igor Leonidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Axmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetika tarmog‘i korxonalarining moliyaviy menajment instrumentlarida boshqaruv hisobi uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “energetika tarmog‘i korxonalarida moliyaviy menejment” tushunchasining iqtisodiy mazmuni murakkablik darajasi mezonlari bilan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda TOP-MID-LOW yondashuvini taklif etish va energetika tarmog‘idagi (NEO) tarmoq kompaniyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarining turlari va darajalari aniqlash asosida takomillashtirilgan;
energetika sohasidagi ko‘p tarmoqli kompaniyalarda strategik boshqaruv hisobi vositasi sifatida qiymat zanjirlarini modellashtirishga “maqsadlar muvozanati” uslubiy yondashuvi takomillashtirishda  energetika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi [0,5 ≤ FDIChQ ≤ 0,8], asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish darajasi [0,1 ≤ EDIChF ≤ 0,5], yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash [0,85 ≤ MKTESK ≤ 1,0], asosiy faoliyat rentabelligi [0,05 ≤ RESK ≤ 0,4] me’yorlarini belgilash orqali energetika tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash asoslangan;
energetika tarmog‘i korxonalarida yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish tarkibida “toza” energiya ulushi (30% ≤ UTE ≤ 100%), tutilgan va zararsizlantirilgan uglerod chiqindilari ulushi (80% ≤ UUCh ≤ 100%), tutilgan va zararsizlantirilgan boshqa chiqindilar ulushi (80% ≤ UBCh ≤ 100%) ekologik me’yorlarini tatbiq etish asosida davlat tomonidan tartibga solinadigan boshqaruv hisobining muvozanatli ko‘rsatkichlari tizimi modeli takomillashtirilgan;
energetika sanoati korxonalariga xos bo‘lgan risklarni hisobga olgan holda Xarajatlar markazi-SC-RU-KORXONASI hisoboti va xarajatlarni hisobga olishning “shaffofligi”ni ta’minlashni hisobga olgan holda korxonalarda xarajatlar shakllanishining har qanday bosqichida har bir bo‘linmaning faoliyat samaradorligini baholash imkonini beruvchi moliyaviy xarajatlarning alohida hisobini yuritish va taqsimlash uslubi taklif etilgan;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ  ning moliyaviy menejment instrumentlaridan samarali foydalanishini baholash asosida moliyaviy ko‘rsatkichlarining 2027 yilga yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energetika tarmog‘i korxonalarining moliyaviy menejment vositalarida boshqaruv hisobi uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “energetika tarmog‘i korxonalarida moliyaviy menejment” tushunchasining iqtisodiy mazmuni murakkablik darajasi mezonlari bilan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda TOP-MID-LOW yondashuvini taklif etish va energetika tarmog‘idagi (NEO) tarmoq kompaniyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarining turlari va darajalari aniqlash asosida takomillashtirish taklifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya asoslari” darsligida foydalanilgan (TDIU rektorinig 2024 yil 24 fevraldagi 45-sonli buyrug‘i);
energetika sohasidagi ko‘p tarmoqli kompaniyalarda strategik boshqaruv hisobi vositasi sifatida qiymat zanjirlarini modellashtirishga “maqsadlar muvozanati” uslubiy yondashuvi takomillashtirishda  energetika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi [0,5 ≤ FDIChQ ≤ 0,8], asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish darajasi [0,1 ≤ EDIChF ≤ 0,5], yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash [0,85 ≤ MKTESK ≤ 1,0], asosiy faoliyat rentabelligi [0,05 ≤ RESK ≤ 0,4] me'yorlarini belgilash bo‘yicha takliflar “Lukoil” kompaniyasi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan. (“Lukoil” kompaniyasining 2024 yil 23 martdagi 01-01-14/3-sonli ma’lumotnomasi,“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 6 avgustdagi 04-08/362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan energetika sohasidagi ko‘p tarmoqli kompaniyalarda strategik boshqaruv hisobini takomillashtirishga erishildi;
energetika tarmog‘i korxonalarida yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste'mol qilish tarkibida “toza” energiya ulushi (30% ≤ UTE ≤ 100%), tutilgan va zararsizlantirilgan uglerod chiqindilari ulushi (80% ≤ UUCh ≤ 100%), tutilgan va zararsizlantirilgan boshqa chiqindilar ulushi (80% ≤ UBCh ≤ 100%) ekologik me'yorlarini tatbiq etish asosida davlat tomonidan tartibga solinadigan boshqaruv hisobining muvozanatli ko‘rsatkichlari tizimi modeli “Lukoil” kompaniyasi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan. (“Lukoil” kompaniyasining 2024 yil 23 martdagi 01-01-14/3-sonli ma’lumotnomasi,“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 6 avgustdagi 04-08/362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritaliyotgan “Yashil iqtisodiyot” platformasida  tutilgan va zararsizlantirilgan uglerod chiqindilari hisobini yuritishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
energetika sanoati korxonalariga xos bo‘lgan risklarni hisobga olgan holda Xarajatlar markazi-SC-RU-KORXONASI hisoboti va xarajatlarni hisobga olishning “shaffofligi”ni ta'minlashni hisobga olgan holda korxonalarda xarajatlar shakllanishining har qanday bosqichida har bir bo‘linmaning faoliyat samaradorligini baholash imkonini beruvchi moliyaviy xarajatlarning alohida hisobini yuritish va taqsimlash uslubi “Lukoil” kompaniyasi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan. (“Lukoil” kompaniyasining 2024 yil 23 martdagi 01-01-14/3-sonli ma’lumotnomasi,“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 6 avgustdagi 04-08/362-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan energetika sanoati korxonalarida risk-menejment tamoyillarini tadbiq etishga erishildi;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ  ning moliyaviy menejment instrumentlaridan samarali foydalanishini baholash asosida moliyaviy ko‘rsatkichlarining 2027 yilga yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan. (“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 6 avgustdagi 04-08/362-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2022-2030-yilgacha rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish