Mavlonov Ilxomjon Xolmirzaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar milliy tafakkurini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fa989
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Ramilevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, O‘tamurodov Akbar O‘tamurodovich falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar milliy tafakkurini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
yoshlar milliy tafakkurini aksiologik asosda rivojlantirishda “milliy tafakkur” fenomeni hamda yangicha kreativ va pragmatik fikrlash tarzini shakllantirishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyil va ma’naviy (dunyoqarash, an’ana, qadriyat) yondashuv tizimi asosida ochib berilgan;
jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni institutsional tizimini takomillashtirish, dialektik jarayon sifatida, shaxs erki kategoriyasi manfaatlilik qonuniyatlariga asoslanib, yoshlarda ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini belgilovchi ijtimoiy faollik atributi, praksiologik (faoliyat) tafakkurni shakllantirishning sinergetik omillari dalillangan;
milliy tafakkurni yuksaltirishda yoshlar ongiga halollik, adolat, masʼuliyat, qanoat, diyonat, xayrixohlik, vijdon, fidoyilik va sadoqat singari axloqiy tamoyillarni intensiv ravishda shakllantirishning ijtimoiy mexanizmlari ochib berilgan.
yoshlar milliy tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksaltirish, an’anaviy qadriyatlarning gomogen xususiyatlari plyurialistik dunyoqrashning strukturaviy-funksional kontekstida jamiyat va davlatning o‘zaro dialektik faoliyatini belgilovchi dominant ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar milliy yuksalish konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy omillari yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yoshlar milliy tafakkurini aksiologik asosda rivojlantirish, jamiyat ma’naviy barqarorligini belgilovchi inklyuziv institutlarning o‘zaro dialektik munosabatlari sotsiumda  jamoaviy ta’sirni rivojlantiruvchi ilmiy (noosfera, reduksionizm), ma’naviy (dunyoqarash, an’ana, qadriyat) yondashuvlar jamiyat va davlatning o‘zaro praksiologik faoliyatini yaxlitlashga qaratilgan taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining II bandida belgilangan “Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targ‘ibot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-iyundagi 219/1-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda jamoaviy ta’sirni rivojlantiruvchi ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy yondashuvlarning jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro praksiologik faoliyatini yaxlitlovchi ijtimoiy mezonlar indikatorlarni ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni takomillashtirish dialektik jarayon sifatida, shaxs erki kategoriyasi manfaatlilik qonuniyatlariga asoslanib, yoshlarda ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini belgilovchi ijtimoiy faollikni ochib berishga oid xulosa va tavsiyalaridan 2022-2023-yillarda “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining senariylarini tayyorlashda, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida milliy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat”markazida yoshlar milliy tafakkurini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarining tahliliga oid targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, Ommaviy axborot vositalari va telekominikatsiya texnologiyalari yordamida yoshlar milliy tafakkurini rivojlantirishga doir grant loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 16-avgustdagi 04-36-1245-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda praksiologik tafakkurni shakllantirish hamda jamiyatda milliy tafakkur va demokratik ongdagi universallik xususiyatlarining korrelyasion uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
milliy tafakkurni yuksaltirishda yoshlar ongiga halollik, adolat, masʼuliyat, qanoat, diyonat, xayrixohlik, vijdon, fidoyilik va sadoqat singari axloqiy tamoyillarni intensiv ravishda shakllantirishning ijtimoiy mexanizmlari ochib berishga doir taklf va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining II bandida belgilangan “Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targ‘ibot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-iyundagi 219/1-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatning strukturaviy-funksional kontekstida jamiyat va davlatning o‘zaro dialektik faoliyatida plyurialistik dunyoqrashni shakllanishini ochib berishga xizmat qilgan;
yoshlar milliy tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksaltirish, an’anaviy qadriyatlarning gomogen xususiyatlariga doir taklif va tavsiyalaridan 2022-2023-yillarda “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining senariylarini tayyorlashda, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida milliy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat”markazida yoshlar milliy tafakkurini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarining tahliliga oid targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, Ommaviy axborot vositalari va telekominikatsiya texnologiyalari yordamida yoshlar milliy tafakkurini rivojlantirishga doir grant loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 16-avgustdagi № 04-36-1245-son dalolatnomasi). Natijada, plyurialistik dunyoqrashning strukturaviy-funksional kontekstida jamiyat va davlatning o‘zaro dialektik faoliyatini belgilovchi dominantlarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish