Yo‘ldashova Gavhar Xusnitdinovna
Iqtisjdiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kompaniyalarda korporativ boshqaruv sifatini oshirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1835.
Ilmiy maslahatchi: Eshov Mansur Pulatovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Bibutova Shahlo Sagdullevna.
Yetakchi tashkilot: I. Karimov nomidagi Toskent politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompaniyalarda korporativ boshqaruv sifatini yanada oshirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ boshqaruv” tushunchasining mazmuni korporativ tuzilmaning manfaatlari va vakolatlari doirasida tashkilot faoliyatini boshqarish va nazorat qilishdan iborat bo‘lgan boshqaruvning bir ko‘rinishi, ichki boshqaruv sifatida korporativ tuzilmalarning amaldagi mavjud qonunlar, qonunosti me'yorlariga amal qilgan holda qo‘yilgan maqcadlapiga epishishi uchun samarali faoliyat tizimi jihatidan takomillashtirilgan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruv tizimida korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya etish (KQ=1,77), aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasining muvofiqligi (TM=1,5), korxona faoliyati axborot shaffofligi (ASh=1,25), moliyaviy natijalar (MN=1,2) bo‘yicha me'yorlarning maqbul nisbatini ta’minlash asosida korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruv sifatini baholash tizimida kompaniyalar tarkibida innovatsion xarajatlarni qo‘llash algoritmi asosida 2030 yilga qadar prognoz parametrlari asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2027 yilga qadar asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompaniyalarda korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirish mexanizmini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ boshqaruv” tushunchasining mazmuni korporativ tuzilmaning manfaatlari va vakolatlari doirasida tashkilot faoliyatini boshqarish va nazorat qilishdan iborat bo‘lgan boshqaruvning bir ko‘rinishi, ichki boshqaruv sifatida korporativ tuzilmalarning amaldagi mavjud qonunlar, qonunosti me'yorlariga amal qilgan holda qo‘yilgan maqcadlapiga epishishi uchun samarali faoliyat tizimi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtilari talabalari uchun tavsiya etilgan “Portfel menejment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 29 yanvardagi 21-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ichki boshqaruv sifatida korporativ tuzilmalarning amaldagi mavjud qonunlar, qonunosti me'yorlariga amal qilgan holda qo‘yilgan maqcadlapiga epishishi uchun samarali faoliyat tizimi jihatidan takomillashtirilgan “korporativ boshqaruv” tushunchasining mazmuni yuzasidan nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv tizimida korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya etish (KQ=1,77), aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasining muvofiqligi (TM=1,5), korxona faoliyati axborot shaffofligi (ASh=1,25), moliyaviy natijalar (MN=1,2) “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida “Aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023 yil 7 iyuldagi 12-1915-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi kompaniyalarda korporativ boshqaruv sifatiga korporativ sub’ektlarning nizolarini hal qilish vositalari va mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv sifatini baholash tizimida kompaniyalar tarkibida innovatsion xarajatlarni qo‘llash algoritmi asosida 2030 yilga qadar asoslangan prognoz parametrlaridan “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida “Aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023 yil 7 iyuldagi 12-1915-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli istiqbolda korporativ boshqaruv sifatini baholash tizimida kompaniyalar tarkibida innovatsion xarajatlarni kamaytirib moliyaviy jihatdan barqarorlikka erishish imkoniyatlarini baholash imkonini bergan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari prognozidan “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida “Aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023 yil 7 iyuldagi 12-1915-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli istiqbolda korporativ boshqaruv sifatini baholash tizimini takomillashtirish orqali korporativ boshqaruv tizimida sub’ektlarning manfaatlarini balanslashtirish imkoniyatlarini baholash imkonini bergan.