To‘xtaev Umidjon Shuxrat O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Turizm industriyasi raqobatbardoshligini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt912.
Ilmiy rahbar:  Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/05.05.2023.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfulla Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher  Abdug‘anievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Sharof Rashidov nomidagi  Samarqand davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda raqobatbardosh milliy turizm industriyasini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy turizm industriyasi raqobatbardoshligi ustunliklaridan foydalanish samaradorligini oshirish yondashuvi «turoperator – mehmonxona – transport – savdo va servis» xizmatlari birgalikda ko‘rsatishga asoslangan  turistik klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
turistik industriya obektlarining raqobatbardoshligini baholash uslubiyoti turizm industriyasi obektlarini yulduzlar orqali tasniflanuvchi beshta toifa – “bir yulduzli” (0,1-1,9 ball), “ikki yulduzli” (2,0-3,9 ball), “uch yulduzli” (4,0-5,9 ball), “to‘rt yulduzli” (6,0-7,9 ball), “besh yulduzli” (8,0-9,9 ball) shaklda tasniflash taklifi asoslangan;
turizm industriyasini milliy iqtisodiyotning strategik sohasiga aylantirishda, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini oshirishda  tarmoqda raqobatbardoshlikni oshirish yondashuvini etti bo‘g‘inli strategiya asosida takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida turizm industriyasining raqobatbardoshligi darajasini oshirishning pessimistik, inersion va optimistik ssenariyalari ilmiy asoslangan holda turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishning 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm industriyasi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy etilgan, jumladan:
milliy turizm industriyasi raqobatbardoshligi ustunliklaridan foydalanish samaradorligini oshirish yondashuvi «turoperator – mehmonxona – transport – savdo va servis» xizmatlari birgalikda ko‘rsatishga asoslangan  turistik klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish bo‘yicha ilmiy  taklif va amaliy tavsiyalaridan respublika, turizm industriyasining rivojlanish ko‘rsatkichlari, jumladan, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish asosida sohadagi mavjud kamchiliklar, erishilgan natijalar, turizmni rivojlantirish salohiyatidan foydalanish holati bo‘yicha tegishli xulosalarni chiqarish bilan birgalikda, olingan natijalarning kompleksliligi turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 5 oktabrdagi 02-12-17-804-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amamliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz milliy turizm industriyasi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
turistik industriya obyektlarining raqobatbardoshligini baholash uslubiyoti turizm industriyasi obyektlarini yulduzlar orqali tasniflanuvchi beshta toifa – “bir yulduzli” (0,1-1,9 ball), “ikki yulduzli” (2,0-3,9 ball), “uch yulduzli” (4,0-5,9 ball), “to‘rt yulduzli” (6,0-7,9 ball), “besh yulduzli” (8,0-9,9 ball) shaklda tasniflash taklifidan uzoq muddatli istiqbolda mamlakatimiz milliy turizm industriyasining raqobatbardoshligini xalqaro reyting ko‘rsatkichlari standartlariga moslashtirish, xalqaro turistik xizmatlar bozoriga raqobatbardosh turistik xizmatlar va mahsulotlar bilan kirib borish imkoniyatlaridan samarali foydalanish jarayonlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 5 oktabrdagi 02-12-17-804-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amamliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz milliy turizm industriyasining global raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan;
turizm industriyasini milliy iqtisodiyotning strategik sohasiga aylantirishda, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini oshirishda  tarmoqda raqobatbardoshlikni oshirish yondashuvini yetti bo‘g‘inli strategiya asosida takomillashtirish taklifidan “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq milliy turizm industriyasi xizmatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish asosida mamlakatimiz turistik resurslardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 5 oktabrdagi 02-12-17-804-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amamliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda turistik xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish