Otabaev Ikromjon Usmonjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy xotiraning transformatsiyalashuv jarayonlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal910
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh. ilmiy darajasi va unvoni: Maxkamov Kodirjon Odiljonovich sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor; Qambarov Abdumutal Ahadjonovich falsafa fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy xotiradagi transformatsiya jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
zamonaviy o‘zbek jamiyatida o‘z-o‘zini identifikatsiyalovchi xususiyatlarni (tarixiy tafakkur, tarixiy ong, tarixiy madaniyat) rivojlantirish kishilarda kosmopolisizm qadriyatlarining (bevatanlik, madaniy johillik, aksiologik emirilish) oldini olishi sababli sotsiumda avlodlar uzlyuksizligini ta’minlovchi doimiy mavjudlikning atributi ekanligi falsafiy asoslangan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy xotiraning transformatsiyalashuvi, zamon va davr ruhi ta’sirida shakllanuvchi global tarix, dunyo xotirasi kabi yangi komponentlar shaxsda o‘tmishga nisbatan prezentistik  qarashni shakllantirishi orqali muhitga moslashish va ijtimoiylashish hodisalari sotsiomadaniy identifikatsiyaning tranzitivligi (ijtimoiy maqomi) mantiqiy dalillangan;
globallashuv sharoitida tarixiy xotirani rivojlantirish ijtimoiy-ma’naviy hayot dinamikasida kuzatiladigan xotira va unutishning o‘zaro dialektik munosabatlarida shakllanadigan “indifferent” (loqayd)lik va gipoidentiklik (etnonigilizm) kabi jihatlarning oldini olishi orqali jamiyat ijtimoiy mohiyatini belgilovchi aksiologik faoliyat mexanizmi ekanligi ochib berilgan;
tarixiy xotira fenomenining turli ekvivalentlari (jamoaviy xotira, ijtimoiy xotira, madaniy xotira) jamiyatda milliy o‘ziga xoslik, milliy ruh va xarakter omillariga ijobiy ta’sir qilib, yoshlarda ijtimoiy hodisalarni strukturali-funksional tahlil qilish qobiliyatini keltirib chiqaruvchi tarixiy prezentizm va falsafiy eklektik tafakkurni shakllantirishi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy xotiraning transformatsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatda kishilar tarixiy xotirasini rivojlantirish zamonaviy o‘zbek jamiyatida sotsiumlararo munosabatlarni mustahkamlashi, tarixiy madaniyatni yuksaltirishi orqali shaxs ma’naviy-madaniy xotirasini mustahkamlashiga doir ilmiy xulosalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IV yo‘nalishiga oid yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bolaylik!” mavzusidagi tanlov ssenariysini ishlab chiqishda, “Yangi O‘zbekistonning Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yol xaritasi” loyihasini tayyorlash, 8-bandi “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘l xaritasi” loyihasini tayyorlash va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish bo‘yicha dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 1-avgustdagi 02/12/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsda o‘z-o‘zini identifikatsiyalovchi xususiyatlari (tarixiy tafakkur, tarixiy ong, idrok, xarakteri) muhim ijtimoiy element sifatida jamiyat uzlyuksizligini ma’minlashga olib kelishi va  doimiy mavjudlikning zaruriy ifodasi ekanligini ochib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy xotiraning transformatsiyalashuvi zamon va davr ruhi ta’sirida shakllanuvchi yangi komponentlarni (global tarix, dunyo xotirasi, prezentizm ) keltirib chiqarishi  jamiyatda hamkorlik, konstruktiv va interaktiv qobiliyatni rivojlantirish, zamonaviy milliy identiklik, milliy madaniyat (milliy o‘zlikni anglash, millat o‘tmishi)ning uzviyligi jarayonlariga bog‘liqligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi” farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-avgustdagi 2/1956-son ma’lumotnomasi). Natijada  yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotida milliy g‘urur, milliy identifikatsiya, sotsiumda muhitga moslashish va ijtimoiylashish, sotsiomadaniy identifikatsiyaning tranzitivligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayot dinamikasida kuzatiladigan xotira va unutishning o‘zoro dialektik munosabatlari, jamiyatlararo milliy munosabatlarda migratsiya, marginallik, assimilyasiya hodisalari ta’siriga doir ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IV yo‘nalishiga oid yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bolaylik!” mavzusidagi tanlov ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 1-avgustdagi 02/12/31-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda sodir bo‘ladigan “indifferent”(loqayd)lik va gipoidentiklik (etnonigilizm) xususiyatlarini milliy tarixiy tafakkurni axloqiy mazmuni hamda jamiyat ijtimoiy mohiyatini belgilovchi aksiologik faoliyat mexanizmlari ochib berishga xizmat qilgan;
tarixiy xotira fenomenining turli ekvivalentlari ( jamoaviy xotira, ijtimoiy xotira, madaniy xotira) jamiyatda milliy o‘ziga xoslik, milliy ruh va milliy xarakter omillariga ijobiy ta’siri yoshlar tarixiy xotirasin yuksaltirish, zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy xotirani rivojlantirib borish kobiliyatini shakllantirishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agenligi faoliyatida yoshlarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, milliy tarixning yoshlar ongiga ijobiy ijtimoiylashuviga xizmat qilishini ochib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agenligining 2023-yil 2-avgustdagi 3-18-21-2128-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ijtimoiy hodisalarni strukturali-funksional tahlil qilish qobiliyatini, tarixiy prezentizm, analitik, sintetik va sinkretik tarixiy tafakkur, tarixni tasniflash ko‘nikmasini shakllantirishga, hamda o‘tmishni baholash xususiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish