Homidov Hamdam Hasan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ishlab chiqarish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlari tadqiqi (agrar sektor korxonalari misolida)” 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2338
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisod fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Murtazaev Olim Jumabekmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrar sektor korxonalari ishlab chiqarish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalar ustuvorligini ta’minlashning strategik ustuvor yo‘nalishlarini tanlash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni noaniq to‘plamlar nazariyasi usullaridan foydalangan holda dron texnologiyalarini qo‘llash istiqbollarini ekspert baholash asosida metodik jihatdan takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi mintaqaviy agentlikni tashkil etish asosida agrar sektor korxonalarini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish taklifi asoslangan;
agrar sektor korxonalari uchun raqamli platforma modelini ishlab chiqish asosida iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni taqdim etish orqali raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida dron texnologiyalari orqali to‘plangan panel ma’lumotlari negizida qurilgan ko‘p omilli ekonometrik model asosida yagona raqamli platformalarni amaliy tatbiq etishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrar sektor korxonalari ishlab chiqarish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalar ustuvorligini ta’minlashning strategik ustuvor yo‘nalishlarini tanlash” tushunchasining iqtisodiy mazmunini noaniq to‘plamlar nazariyasi usullaridan foydalangan holda dron texnologiyalarini qo‘llash istiqbollarini ekspert baholash asosida metodik jihatdan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqamli biznes modellar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 26-oktyabrdagi 340-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda noaniq to‘plamlar nazariyasi usullaridan foydalangan holda dron texnologiyalarini qo‘llash istiqbollarini ekspert baholash asosida metodik jihatdan takomillashtirilgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalar ustuvorligini ta’minlashning strategik ustuvor yo‘nalishlarini tanlash tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi mintaqaviy agentlikni tashkil etish asosida agrar sektor korxonalarini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 20-apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-163-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fermer xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy texnologiyalarning operatsion samaradorligini 7 foizga oshirishga erishilgan;
agrar sektor korxonalari uchun raqamli platforma modelini ishlab chiqish asosida iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni taqdim etish orqali raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Piskent tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 20-apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-163-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tahliliy ma’lumotlar sifatini 10-12 foizga ortishiga erishilgan;
Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida dron texnologiyalari orqali to‘plangan panel ma’lumotlari negizida qurilgan ko‘p omilli ekonometrik model asosida yagona raqamli platformalarni amaliy tatbiq etishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 20-apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-163-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarining uzoq muddatli istiqboldagi asosiy parametrlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.