Irmatova Zamira Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik korxonalari mehnat resurslaridan samarali foydalanishda boshqaruv tahlili usullarini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt613.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dustmuratov Rejapboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalari mehnat resurslaridan samarali foydalanishda boshqaruv tahlili usullarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonada boshqaruv tahlilini samarali tashkil etishda to‘qimachilik tarmog‘i ixtisosligi xususiyatlari asosida mehnat resurslariga oid iqtisodiy ko‘rsatkichlar takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish va ularga oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli soxa mutaxassislarni qabul qilish orqali kadrlar tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish bilan bog‘liq omillarning korxona mehnat resurslari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda mehnat resurslari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘zaro bog‘liqligining mul`tiplikativ modeliga asoslangan klasteri hamda har bir omilning samaradorlikka ta’sirini tahlil qilish taklif qilingan;
korxonalarda mehnat resurslari samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar aproksimatsiyasi orqali prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik korxonalari mehnat resurslaridan samarali foydalanishda boshqaruv tahlili usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarining mehnat resurslaridan samarali foydalanishda boshqaruv tahlili metodologiyasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oluvchi va ularning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi, ularning tasnifi va aniqlanish yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 28 iyundagi FJ-4213-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik korxonalari mehnat resurslaridan samarali foydalanishning boshqaruv tahliliy usullari takomillashib, ularni qo‘llash qulayligi va natijaviyligi darajasining oshishiga xizmat qilgan;
to‘qimachilik korxonalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish va ularga soha mutaxassisligiga oid oliy ma’lumotli va kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini qabul qilish orqali kadrlarning tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirish bilan bog‘liq omillarning korxonada mehnat resurslari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash yo‘llari “BAYPAK TEXTILE” QKda mehnat resurslari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini hisoblash orqali ichki imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 28 iyundagi FJ-4213-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida 2016-2017 yillarda mehnat resurslari samaradorligi o‘sish sur’atini 106,2%dan 114,5%ga qadar oshirish imkoniyati aniqlangan;
korxonaning mehnat resurslari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimi, ularning o‘zaro bog‘liqligining mul`tiplikativ modeli asosda yaratilgan klasteri, har bir omilning ta’sirini aniqlash va tahlil qilish orqali natijaviy ko‘rsatkichni oshirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish yo‘llari “OSBORN TEXTILE” XK faoliyatining mehnat resurslari samaradorligini tahlil qilish jarayoniga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 28 iyundagi FJ-4213-son ma’lumotnomasi). Natijada oldin o‘rganilmagan 4 guruhdan iborat 13 ta omilning mehnat resurslari rentabelligi o‘zgarishiga real ta’siri aniqlanib, ular asosida rentabellikni oshirish bo‘yicha takomillashgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
korxonalarda mehnat resurslari samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar aproksimatsiyasi orqali qator usullar qo‘llash natijasida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “BAYPAK TEXTILE” QKda va “OSBORN TEXTILE” XK amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 28 iyundagi FJ-4213-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik korxonalarida asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining mehnat resurslari samaradorligini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarish natijalarini yaxshilash imkoni yaratilgan.