Shomaqsudova Marhaboxon Odilxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ekma zafaron (Crocus sativus L.) xomashyosi va quruq ekstraktini standartlash», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Far103.
Ilmiy rahbar: To‘laganov Abduqodir Abduraxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekma zafaron xomashyosi va undan olingan quruq ekstraktni tarkibidagi makro- va mikro elementlar, aminokislotalar, hamda boshqa biologik faol moddalarning sifatini, miqdorini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar bilan aniqlab, standartlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasida madaniylashtirilgan ekma zafaron – Crocus sativus L. gul tugunaklari xomashyosini standartlash va sifatini nazorat qilish uslublari ishlab chiqilgan;
ekma zafaron - Crocus sativus L. xomashyosi tarkibidagi biologik faol moddalardan flavonoidlar, aminokislotalar, makro- va mikroelementlar, efir moylarining miqdori aniqlangan hamda tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish maqsadida nootrop ta’siri aniqlangan;
ilk bor ekma zafaron gul tugunaklari asosida olingan quruq ekstrakt tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarni identifikatsiya qilish uchun sifat va miqdoriy tahlil usullari ishlab chiqilgan;
xomashyo va quruq ekstrakt tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarning miqdorini aniqlashning (flavonoidlar va aminokislotalar - yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, efir moylari – gaz-suyuqlik xromatografiyasi, makro- va mikroelementlar – mass-spektrometriya) zamonaviy usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ekma zafaron (Crocus sativus L.) xomashyosi va quruq ekstraktini standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ekma zafaron gul tugunaklari» xomashyosiga vaqtincha farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (VFM 42 Uz-4854-2022) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 04044/02/22). Ushbu me’yoriy hujjatni tasdiqlanishi yuqori samarali nootrop ta’sirga ega xomashyolar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida ekma zafaron guli tugunaklarining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli nootrop faollikga ega dorivor o‘simlik xomashyosi ko‘rinishidagi dori vositasi shaklida ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida emza zafaron quruq ekstraktining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli yallig‘lanishga qarshi faollikga ega bezarar dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish