Gulyamova Durdona Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan gemostatik gel va polimer plyonkani standartlash», 15.00.02- farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Far100.
Ilmiy rahbar: Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirjon Abidovich farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy qush toron, achchiq toron va ikki uyli gazanda dorivor o‘simlik xomashyolari asosida olingan gemostatik  va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega «Inflamdent» geli va polimer plyonka ko‘rinishidagi BFQ ni standartlash hamda sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy achchiq toron, qush toron va ikki uyli gazanda o‘simlik xomashyolaridan olingan suyuq ekstrakt asosidagi «Inflamdent» geli va polimer plyonkani sifatini nazorat qilish usullari ishlab chiqilgan;
«Inflamdent»  geli tarkibidagi vitaminlar  miqdorini aniqlash uchun  ilk bor yuqori samarali suyuqlik xromatografli mass-spektroskopiya uslubi ishlab chiqilgan;
«Inflamdent» geli tarkibidagi aminokislotalarning chinligi va miqdorini aniqlash uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli ishlab chiqilgan;
«Inflamdent» geli uchun taklif etilgan miqdoriy tahlil usuli ICh Topic Q2 (R1) «Validation of Analitical Procedures: Text and Methodology» talablari bo‘yicha validatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan gemostatik gel va polimer plyonkani standartlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Inflamdent» geli uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2024 yil 29 yanvardagi №41/11-1341-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu KFMning tasdiqlanishi «DENTAFILL PLYuS» MChJ farmatsevtik korxonasi tomonidan stomatologik kasalliklarda qo‘llaniladigan mahalliy dori vositasini ishlab chiqish imkonini beradi;
«Inflamdent» polimer plyonka ko‘rinishidagi biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (S 27326037–006:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yoʼriqnoma (TI 27326037–006:2023) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishini oldini olish va davolash uchun qo‘llaniladigan BFQ ishlab chiqish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida “Inflamdent” gelining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli gemostatik faollikga ega bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish