Tangirova Gulchexra Nasridinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning introduksiya qilingan shakllari asosida oqsil miqdori va hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi navini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Qx237
Ilmiy maslahatchi: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Amanova Maxfurat Eshmuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nabiev Saidg‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Diyorbek Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soyaning introduksiya qilingan nav namunalaridan foydalanib, duragaylash usulida hosildor, oqsil va moy miqdori yuqori, dukkagi chatnab ketmaydigan, mexanizatsiyaga moslashgan seleksion ashyolar hamda yangi nav yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Janubiy Koreya va Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan introduksiya qilingan soya nav namunalari seleksion baholangan;
introduksiya qilingan soya nav namunalarini morfologik belgilar bo‘yicha klasterlarga ajralishi va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha elektroforez tahlillari asosida baholangan;
introduksiya qilingan soya nav namunalari asosida juft duragaylash usulida olingan F1-F3 o‘simliklarda hosildorlik elementlarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
soya duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va yuqori avlodlarda shakllanish qonuniyatlari ilmiy asoslangan;
yuqori seleksion qiymatga ega bo‘lgan ashyolarda belgilarning shakllanishini tahlil qilish va samarali tanlovlar natijasida soyaning barqaror genotipli T-2, T-4 va T-5 tizmalari yaratilgan;
soyaning hosildor, tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori, dukkagi chatnab ketmaydigan, mexanizatsiyaga moslashgan yangi TDAU-5 navi yaratilgan va davlat nav sinoviga topshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soyaning introduksiya qilingan shakllari asosida oqsil miqdori va hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi navini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligida qimmatli-xo‘jalik belgilarning yuqori majmuasiga ega va aksariyat belgilar bo‘yicha ishlab chiqarishda ekilayotgan soya navlaridan ustun bo‘lgan TDAU-5 navi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi №07/34-06/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, soya navlari genofondi don hosildorligi 38,1 s/ga ni, vegetatsiya davri 119-120 kunni tashkil etishi, pastki dukkaklar joylashuvi 14,0-15,0 sm, mexanizatsiyaga moslashgan, oqsil miqdori 41,8 %, moy miqdori 22,9 %, 1000 dona don vazni 160-200 g, dukkaklarining 70-80 % i 4 ta urug‘li bo‘lgan yangi nav bilan boyitilgan;
Janubiy Koreyadan introduksiya qilingan nav namunalari asosida sintetik seleksiya usulida T-2 va T-4 tizmalari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi №07/34-06/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan T-2 tizmasining maksimal don hosildorligi 33,1 s/ga, vegetatsiya davri 112-114 kun, pastki dukkaklar joylashish balandligi 13-14,0 sm, oqsil miqdori 41,2 %, moy miqdori 21,4 %, 1000 dona don vazni 150-160 grammga teng bo‘lgan bo‘lsa, T-4 tizmasining maksimal don hosildorligi 30,4 s/ga, vegetatsiya davri 115-116 kun,  oqsil miqdori 41,3 %, moy miqdori 21,6 %, 1000 dona don vazni 160-170 grammni tashkil etib, pastki dukkaklarning joylashish balandligi 15,0-16,0 sm bo‘lishi mexanizatsiyaga moslashishi va dukkaklari chatnab ketmasligini ta’minlagan;
soyaning yangi TDAU-5 navi Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining 0,4 gektar tajriba maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi №07/34-06/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, andoza “Uzbekskaya 2” navi (30,1 s/ga) dan 5,9 s/ga yuqori hosil olingan;
soyaning yangi TDAU-5 navi, T-2 va T-4 tizmalari Jizzax viloyati Paxtakor tumani Navbahor FXXU hududidagi “Paxtakor tumani elita urug‘chilik” MChJda 2022-yil 0,4 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi №07/34-06/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nav va tizmalarning hosildorligi yuqoriligi va mexanizatsiyaga yaroqliligi qayd etilgan;
soyaning yangi TDAU-5 navi, T-2 va T-4 tizmalari Andijon viloyati Asaka tumani fermer xo‘jaligida 0,3 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi №07/34-06/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, hosildorligi tegishli ravishda 33,7, 30,3 va 29,1 s/ga bo‘lib, TDAU-5 navida 45,5 %, T-2 tizmasida 30,8 %, T-4 tizmasida 25,7 % rentabellikka erishilgan;
soyaning TDAU-5 navi, T-2 va T-4 tizmalari 2022 yilda Andijon viloyati Izboskan tumani fermer xo‘jaligida 0,4 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi №07/34-06/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nav va tizmalarning hosildorligi tegishlicha 34,1, 31,4 va 30,3 s/ga ni, rentabellik darajasi TDAU-5 navida 47,3 %, T-2 tizmasida 35,6 %, T-4 tizmasida 30,8 % ni tashkil etgan;
soyaning yangi TDAU-5 navi va T-2, T-4 tizmalari 2021-2022 yillarda kompleks qimmatli-xo‘jalik belgilarining majmui bo‘yicha boshlang‘ich ashyo sifatida 2021-2022 yillarda Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumani Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida va Jizzax viloyati Paxtakor tumani Navbahor FXXU hududidagi “Paxtakor tumani elita urug‘chilik” MChJda, 2021-2022 yillarda Andijon viloyati Asaka va Izboskan tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 3-4 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi №07/34-06/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nav va tizmalardan yuqori va sifatli hosil olishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish