Abdullaev Ulug‘bek Maxmudovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar hamda 05.09.05– Qurilish materiallari va buyumlari ixtisosliklari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4025.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Ibroxim Numanovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/01.04.2023.T.90.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kasimov Ibroxim Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor;
Alinazarov Alisher Xaydaralievich, texnika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida olingan superplastifikatorlar bilan modifikatsiyalangan kimyoviy o‘gitlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisidan to‘ldiruvchi sifatida foydalanilgan ko‘pikbetonning xossalarini o‘rganish va resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisini to‘ldiruvchi sifatida modifikatsiyalangan ko‘pikbeton qotishidagi geterogen jarayonlarda ohak chiqindisining kimyoviy reaksiyalari natijasida yangi fazalar hosil bo‘lishi asoslangan;
kimyoviy o‘gitlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisi qo‘shilgan modifikatsiyalangan ko‘pikbetonning fizik-kimyoviy tarkibi, strukturasi va fizik-mexanik xossalariga SDj-3 superplastifikator hamda ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shimchalarning ta’sir qilish mexanizmi, infraqizil-spektroskopik, elektron mikroskopik va differensial-termik tahlil usullari yordamida ishlab chiqilgan;
kimyoviy o‘gitlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisi qo‘shilgan ko‘pikbetonning mustahkamligi va o‘rtacha zichligi bilan sement, ohak chiqindisi va ko‘piklashtiruvchi vosita miqdorlari orasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi matematik modellashtirish usuli yordamida ishlab chiqilgan;
kimyoviy o‘gitlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisi va superplastifikatorlar bilan modifikatsiyalangan ko‘pikbetonning energiya va resurs tejamkor, avtoklavsiz usulga – tadqiqot ishlari natijasida asoslab berilgan va texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tajribada ohak chiqindisi va superplastifikatorlar bilan modifikatsiyalangan ohak chiqindili ko‘pikbeton ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida ohak chiqindisi va superplastifikatorlar bilan modifikatsiyalangan ohak chiqindili ko‘pikbeton ishlab chiqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida Farg‘ona shahridagi engil beton ishlab chiqaruvchi “EXPOFAR va TEChNIKO MAChINE” MChJ xususiy korxonalarda ariqcha-taroqli devorbop ko‘pikbeton bloklar ishlab chiqarishga joriy qilingan.
Tarkibida kimyoviy o‘gitlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindilari va superplastifikator asosida ishlab chiqarilgan modifikatsiyalangan ko‘pikbeton tarkibini va texnologiyasini amaliyotga joriy qilish natijasida olingan yangi mahsulot tannarxini 12-13% ga arzonlashtirishga, hamda 10 m3 devorbop bloklar ishlab chiqarishda 216000 ming so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan. Sinovlar tegishli standartlar talablariga muvofiq o‘tkazilgan. Doimiy massagacha quritilgan namunalarning o‘rtacha zichligi 603-620 kg/m3 oralig‘ida o‘zgargan. D 600 zichliklardagi namunalarning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 3,5 MPa tashkil etganligi, ko‘pikbeton qorishmasining suvga talabchanligini 15-25% ga va sement sarfini 15-20% ga kamaytirishga erishilganligi asoslandi; Shu bilan birga, qo‘shimchalarsiz ko‘pikbeton ishlab chiqarish bilan solishtirilganda sement sarfining kamayishiga erishildi va iqtisodiy samaradorlik aniqlangan. Natijada “EXPOFAR” MChJda kimyoviy o‘gitlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisi qo‘shilgan, kimyoviy qo‘shimcha bilan modifikatsiyalangan taklif etilgan optimal tarkibli ariqcha-taroqli devorbop ko‘pikbeton bloklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023 yil 18 dekabrdagi №05/15-2639 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilmayotgan xomashyo va texnogen chiqindilaridan ko‘pikbeton bloklar ishlab chiqarish imkonini beradi.