Junsaliev Dilmurad Mirzaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida E’LON

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri: “Sel toshqini talafotlarining potensial xavflarini kamaytirish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2.PhD/T2974.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor F.A.Gapparov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish va xizmatni tashkil etish kafedrasi professori, texnika fanlari nomzodi, professor X.A.Qurbonov tavsiya etildi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi tog‘ ko‘llari buzilishidan yuzaga keladigan sel toshqinining potensial xavflarini vaqt va maydon bo‘yicha shakllanishini modellashtirish orqali ehtimoliy talafotlar ko‘lamini baholash va sel toshqini xavfini kamaytirish imkoniyatini beruvchi chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
tabiiy dala sharoitida va erni masofadan zondlash usuli yordamida olib borilgan tadqiqotlar asosida tog‘ ko‘llarining buzilishiga olib keluvchi egzogen va endogen omillarni inobatga olib tog‘ ko‘llarining yuqori, o‘rta va past xavflilik darajalari bo‘yicha tasnifi ishlab chiqilgan va tog‘ ko‘llarining buzilishida yuzaga keladigan potensial xavflarni kamaytirish usuli muhandislik muhofaza inshootlarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
buzilish xavfi yuqori bo‘lgan ko‘l misolida sel toshqinining vaqt va maydon bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini aks ettiruvchi simulyatsiya ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu simuliyatsiya Ixnach ko‘llarining buzilishidan yuzaga keladigan sel toshqinining Pskom GES va Chorbog‘ suv ombori hududiga etib kelish vaqti, sarfi, balandligi, o‘rtacha tezligi va bosimi kabi favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya ishlari uchun muhim bo‘lgan gidrometrik ko‘rsatkichlarning aniq parametrlari aniqlanishishga erishilgan;
Sentinel-1, ALOS POLSAR va TanDEM-X sun’iy yo‘ldoshlarining aerokosmik tasvirlari asosida Ixnach ko‘llari havzasi relefining raqamli modeli asnosida ilk bor xavf xatar xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu xarita asosida aholi va hududlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini belgilash favqulodda vaziyatlarda jalb etiladigan kuch va vositalardan foydalanish samaradorligini 10-15% gacha yaxshilash imkoniyati borligi asoslangan;
Ixnach ko‘llari misolida sel toshqinining gidrometrik ko‘rsatkichlarini vaqt va maydon bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash orqali Pskom GES va uning muhandislik inshootlari hamda havzadagi aholi yashash maskanlarining xavf darajasi baholangan, shuningdek muhandislik muhofaza inshootlarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini optimallashtirish natijasida ehtimoliy talafot miqdorini 7-10% gacha kamaytirish mumkinligi aniqlangan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sel toshqini talafotlarining potensial xavflarini kamaytirish hamda sel toshqini bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bo‘yicha:
buzilish xavfi yuqori bo‘lgan tog‘ ko‘llari misolida sel toshqinining vaqt va maydon bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini aks ettiruvchi simulyasiya modeli va raqamli xavf xatar xaritasi amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi FVVning Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi tomonidan 2023 yil 10 mayda 36/3–976-sonli va Fan, innovatsion rivojlantirish va o‘qitishni tashkil etish bo‘limi tomonidan 2023 yil 17 mayda 36/3–1044-sonli hamda O‘zbekgidroenergo AJ Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash va monitoringini yuritish markazi tomonidan 2023 yil 26 mayda 36/19-1107-sonli dalolatnomalar olingan. 2023 yil 4 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida 5/4/32–1862-sonli ma’lumotnoma olingan. Natijada tog‘ ko‘llarining buzilishidan yuzaga keladigan sel toshqini bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni baholash va potensial xavflarni kamaytirish hisobini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish