Qodirov Azamat Almat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarmoq resurslarini taqsimlash va ma’lumotlarni uzatish jarayonlarini muvofiqlashtirish model va algoritmlari”,05.04.01 - “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4226.
Ilmiy rahbar: Amirsaidov Ulugbek Baburovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Salimjon Olimjonovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya tarmoqlari samaradorligini oshirish maqsadida tarmoq resurslarini taqsimlash va ma’lumotlarni uzatish jarayonlarini muvofiqlashtirish model va algoritmlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoqning fizikaviy, kanal va tarmoq pog‘onalarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligi va ularga qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan holda hamda paketlarni kechikish vaqtini minimallashtirish mezoni asosida ma’lumot uzatish va tarmoq resurslarni taqsimlash jarayonlarini konseptual modeli yaratilgan;
aloqa kanali sifati, modulyasiya va kodlash parametrlarini o‘zaro bog‘liqliklarini hamda bitni xato qabul qilish talabini inobatga olgan holda optimal modulyasiya va kodlash sxemasini spektral samaradorligini maksimallashtirish mezoni asosida aniqlash imkonini beruvchi tarmoqning fizikaviy pog‘onasi jarayonlarini muvofiqlashtirishning analitik modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
optimal modulyasiya va kodlash sxemasi hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilish talabini inobatga olgan holda freymning optimal uzunligini tanlash orqali xizmat ko‘rsatishning optimal jadalligini aniqlash imkonini beruvchi fizikaviy va kanal pog‘onalari jarayonlarini muvofiqlashtirishning analitik model va algoritmi ishlab chiqilgan;
optimal modulyasiya va kodlash sxemasi, freymlarga xizmat ko‘rsatishning optimal jadalligi va ma’lumot oqimlariga sifatli xizmat ko‘rsatish talablarini inobatga olgan holda paketlarni kechikish vaqtini minimallashtirish mezoni asosida tarmoq resurslarini taqsimlash imkonini beruvchi fizikaviy, kanal va tarmoq pog‘onalari jarayonlarini muvofiqlashtirishning analitik modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarmoq resurslarini taqsimlash va ma’lumotlarni uzatish jarayonlarini muvofiqlashtirish model va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarmoqning fizikaviy, kanal va tarmoq pog‘onalarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligi va ularga qo‘yiladigan talablarni inobatga olib hamda paketlarni kechikish vaqtini minimallashtirish mezoni asosida ma’lumot uzatish va tarmoq resurslarni taqsimlash jarayonlarini konseptual modeli; aloqa kanali sifati, modulyasiya va kodlash parametrlarini o‘zaro bog‘likliklarini hamda bitni xato qabul qilish talabini inobatga olib optimal modulyasiya va kodlash sxemasini spektral samaradorligini maksimallashtirish mezoni asosida aniqlash imkonini beruvchi tarmoqning fizikaviy pog‘onasi jarayonlarini movofiqlashtirishning analitik modeli va algoritmi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida amaliy tadbiq etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 33-8/6695-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan konseptual modelning fizikaviy pog‘onasida modulyasiya va shovqinbardosh kodlash parametrlarining optimal qiymatlarini aniqlash algoritmini amalda qo‘llanishi natijasida mavjud signal-kod konstruksiyalariga nisbatan samaradorlik 1.4 baravargacha oshirishga olib kelgan;
aloqa kanali sifati, modulyasiya va kodlash parametrlarini o‘zaro bog‘likliklarini hamda bitni xato qabul qilish talabini inobatga olib optimal modulyasiya va kodlash sxemasini spektral samaradorligini maksimallashtirish mezoni asosida aniqlash imkonini beruvchi tarmoqning fizikaviy pog‘onasi jarayonlarini movofiqlashtirishning analitik modeli va algoritmi “ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY” MChJda avia kosmik modellarni loyihalash va boshqarish jarayonlariga tadbiq etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 33-8/6695-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan zamonaviy simsiz tarmoqlar radiokanallarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini QoS talablarini inobatga olib taqsimlash bo‘yicha ilmiy yangilikni avia kosmik modellarni loyihalash va boshqarish uchun qo‘llaganda radiokanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanish darajasi QoS talablarini saqlagan holda 35% ga oshirilgan;
optimal modulyasiya va kodlash sxemasi hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilish talabini inobatga olib kadrning optimal uzunligini tanlash orqali xizmat ko‘rsatishning optimal jadalligini aniqlash imkonini beruvchi fizikaviy va kanal pog‘onalarini jarayonlarini muvoqlashtirishning analitik modeli va algoritmi; optimal modulyasiya va kodlash sxemasi, kadrlarga xizmat ko‘rsatishning optimal jadalligi va ma’lumot oqimlariga sifatli xizmat ko‘rsatish talablarini inobatga olib paketlarni kechikish vaqtini minimallashtirish mezoni asosida tarmoq resurslarini taqsimlash imkonini beruvchi fizikaviy, kanal va tarmoq pog‘onalari jarayonlarini muvofiqlashtirishning analitik modeli “UNICON.UZ” MChJda ilmiy tadqiqot jarayonlariga amaliy tadbiq etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil3-oktyabrdagi 33-8/6695-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida erishilgan ilmiy yangiliklar “UNICON.UZ” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan O‘z DSt 3447:2020 “LTE mobil aloqa tizimi. Tayanch tarmoq uskunasi (EPC). Umumiy texnik talablar va nazorat qilish usullari” davlat standartiga muvofiq telekommunikatsiya tarmog‘ining ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha umumiy texnik talablarni belgilaydigan normativ hujjatlarni yaratish imkonini bergan.