Norkobilov Salim Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yong‘inga xavfli hududlardagi paxta g‘aramlarini masofadan monitoringi modeli va algoritmlari”, 05.04.02 –“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3543.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirsagdiev Orifjon Alimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi simsiz sensorli tarmoqlar asosida yong‘inga xavfli hududlardagi paxta g‘aramlarining harorati va namligini o‘lchash qurilmasi, masofadan monitoringning funksional modeli hamda ishlash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta g‘aramlarining harorati va namligini o‘lchash sensorlari, akkumulyatorni quvvatlash uchun quyosh paneli, shuningdek, radio blokdan foydalanishga asoslangan holda o‘lchangan ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradigan qurilmaning fizik modeli takomillashtirilgan;
paxta g‘aramlarining harorati va namligini o‘lchash qurilmasining joriy parametr qiymatlarini chegaraviy qiymatlar bilan taqqoslash natijalariga asosan yong‘in xavfini aniqlovchi hamda xavfli vaziyatda ogohlantiruvchi ishlash algoritmi yaratilgan;
simsiz tarmoqlardan foydalangan holda ma’lumotlar almashinuvi va o‘lchangan ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlarini amalga oshirish asosida paxta g‘aramlarining holati va yong‘inga xavfli vaziyatlarning yuzaga kelish ehtimolini aniqlash imkonini beruvchi masofadan monitoringi funksional modeli ishlab chiqilgan;
o‘lchash qurilmalari (paxta g‘aramlarining namligi, harorati, akkumulyatorning quvvatlash darajasi) ma’lumotlariga ishlov berish, ularning ish rejimiga o‘zgartirishlar kiritish asosida masofadan monitoring tizimining samaradorligini oshirishga imkon beradigan ishlash algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yong‘inga xavfli hududlardagi paxta g‘aramlarining masofadan monitoringi modeli va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta g‘aramlarining harorati va namligini o‘lchash qurilmasining takomillashtirilgan fizik modeli, ishlash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “SULTON TEX GROUP” MChJ, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi Qashqadaryo viloyat filialida, “UNICON.UZ” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-noyabrdagi 04/31-05/6078-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida paxta g‘aramlarining haroratini ±1°Cgacha aniqlikda, namlikni talab darajasida o‘lchash imkoniyati yaratilgan, paxta g‘aramlarining haroratini o‘lchash uchun o‘rnatilish vaqtini 2,5-3 barobarga qisqartirishga erishilgan;
masofadan monitoringi funksional modeli va ishlash algoritmi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi Qashqadaryo viloyat filialida, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “UNICON.UZ” MChJ, “SULTON TEX GROUP” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-noyabrdagi 04/31-05/6078-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida funksional imkoniyatlarini oshirish orqali masofadan monitoringi samaradorligi 10-12 foizga oshirilgan;
dasturlar majmuasi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy filialida, “UNICON.UZ” MChJ, “SULTON TEX GROUP” MChJ, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-noyabrdagi 04/31-05/6078-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida uzlyuksiz nazorat qilish va boshqarishni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.