Maxmudov Bahodirjon Xakimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geokriminogen vaziyat va uning ijtimoiy geografik jihatlari (Qo‘qon shahri misolida)», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr223.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Karshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/31.10.2022.Gr.20.08.
Rasmiy opponentlar: Isaev Akbarjon Abdulxamidovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Embergenov Naurizbay Janabaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qo‘qon shahri geokriminogen vaziyatiga taʼsir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar asosida jinoyatchilikni oldini olishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“geokriminogen vaziyat” tushunchasining mazmun-mohiyati va uning turdosh kategoriyalaridan farqli jihatlari, unga taʻsir etuvchi omillar nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
Qo‘qon shahrining geokriminogen vaziyatiga ta’sir etuvchi ishsizlikning jinoyatchilik turlari va darajasiga korrelyasion bog‘liqligi Spirmen koeffisienti orqali aniqlangan;
Arc GIS dasturi yordamida Qo‘qon shahrida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan o‘g‘rilik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oltita o‘choqlari aniqlangan;
Qo‘qon shahrida mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari anomal, bufer, barqaror geokriminogen zonalarga ajratilgan va uni ifodalovchi 1:50 000 masshtabli kartasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘qon shahrining geokriminogen vaziyati va uning ijtimoiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan natijalari asosida:
“geokriminogen vaziyat” tushunchasining mazmun-mohiyati va uning turdosh kategoriyalaridan farqli jihatlari, unga ta’sir etuvchi omillar nazariy jihatdan takomillashtirilganligi “Sotsial geografiya” nomli o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i, Guvohnoma №388-179). Mazkur ilmiy natijadan foydalanish talabalarning “geokriminogen vaziyat” tushunchasining mazmun-mohiyati va unga ta’sir etuvchi omillar haqida bilimlarini samarali o‘zlashtirish imkonini bergan;
Qo‘qon shahrida ishsizlikning jinoyatchilik turlari va darajasiga korrelyasion bog‘liqligi Spirmen koeffisienti asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan shaharda olib borilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 6/16y-sonli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 12-yanvardagi 3-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida shahardagi Yangiobod, Rayxon, Turkiston, Nurafshon, A.Navoiy, Muqumiy, Davronbek kabi mahallalarida ishsizlik holatlari yuqoriligi hisobga olgan holda jinoyatchilikni oldini olish uchun zaruriy chora-tadbirlar amalga ishlab chiqish imkonini bergan;
Qo‘qon shahrida o‘g‘rilik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat o‘choqlari Arc GIS dasturi yordamida ishlab chiqilgan ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z faoliyatida foydalangan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 6/16y-sonli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 12-yanvardagi 3-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, shaharda mazkur jinoyatlarni oldini olish va qarshi kurashishda o‘tkazilgan maxsus-profilaktik tadbirlarini yanada takomillashtirish imkonini bergan;
Qo‘qon shahrida mavjud mahalla fuqarolar yig‘ini asosida ajratilgan anomal, bufer, barqaror geokriminogen zonalardan hamda uni ifodalovchi 1:50 000 masshtabli kartasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z faoliyatida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 6/16y- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida shaharda jamoat tartibini saqlash, tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan profilaktik tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish