Mutalib Kasimovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “AQSh va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik masalalariga Afg‘oniston omilining ta’siri”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss473
Ilmiy rahbar: Bo‘ronov Suhrob Mahammadi o‘g‘li, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tooshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,  DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar:
Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘li, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Afg‘oniston omilining AQSh va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik masalalariga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
AQShning 2001-2021 yillardagi Afg‘oniston bo‘yicha tashqi siyosatida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini Pokiston bilan hamkorlik asosida hal qilishi, uning Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan amaliyotlari Afg‘oniston va Pokistonni yagona makon sifatida ifoda etadigan “AfPok” va “PokAf” strategiyasiga ko‘ra asoslab berilgan.
Afg‘onistondan AQSh harbiy qo‘shinlarining rasman chiqib ketishi va “Tolibon” harakatining Kobul hokimiyatini qayta qo‘lga kiritishi Pokiston uchun yangi imkoniyat omili sifatida qabul qilingani, biroq AQShning Afg‘onistondagi strategik va xavfsizlik bilan bog‘liq manfaatlarini ilgari suruvchi mintaqaviy aktorlar sifatida Qatar va Hindiston kabi davlatlarni jalb etish maqsadlari ustuvor bo‘layotganligi AQShning Milliy xavfsizlik strategiyasi (2022) asosida isbotlangan.   
Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Muvaqqat hukumati o‘rtasidagi an’anaviy aloqalar de-fakto saqlab qolingan bo‘lishiga qaramasdan Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegaraviy ziddiyatlarning kuchayib borish tendensiyasi pushtunlarni ikki qismga ajratib yuborgan “Dyurand chizig‘i”ning hal etilmagani va “Pokiston Tolibon Harakati”ning faollashuvi omiliga ko‘ra dalillangan.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosatni izchil davom ettirish, O‘zbekistonning Afg‘onistonni Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi strategik qarashlaridan kelib chiqib, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi “C5+S8” nomli Markaziy va Janubiy Osiyo birdamlik tashabbusini yo‘lga qo‘yish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
AQSh va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik masalalariga Afg‘oniston omilining ta’siri bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosatni izchil davom ettirish, O‘zbekistonning Afg‘onistonni Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi strategik qarashlaridan kelib chiqib, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi “C5+S8” nomli Markaziy va Janubiy Osiyo birdamlik tashabbusini yo‘lga qo‘yish zarurati borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 2-iyuldagi 18-126/20307 sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
AQShning 2001-2021 yillardagi Afg‘oniston bo‘yicha tashqi siyosatida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini Pokiston bilan hamkorlik asosida hal qilishi, uning Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan amaliyotlari Afg‘oniston va Pokistonni yagona makon sifatida ifoda etadigan “AfPok” va “PokAf” strategiyasiga ko‘ra asoslanganligi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining xalqaro tadbirlarni tashkil etish jarayonlarida foydalanilgan. (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2024-yil 7-iyundagi 269/24-sonli dalolatnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar “Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari: tarixiy mushtaraklik va hamkorlik istiqbollari” mavusidagi xalqaro konferensiyasiga doir tahliliy materiallarni tayyorlashga xizmat qilgan.
Afg‘onistondan AQSh harbiy qo‘shinlarining rasman chiqib ketishi va “Tolibon” harakatining Kobul hokimiyatini qayta qo‘lga kiritishi Pokiston uchun yangi imkoniyat omili sifatida qabul qilingani, biroq AQShning Afg‘onistondagi strategik va xavfsizlik bilan bog‘liq manfaatlarini ilgari suruvchi mintaqaviy aktorlar sifatida Qatar va Hindiston kabi davlatlarni jalb etish maqsadlari ustuvor bo‘layotganligi AQShning Milliy xavfsizlik strategiyasi (2022) asosida isbotlangani xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ilmiy-amaliy konferensiya, davra suhbatlari, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 20-iyundagi 14-07-995 sonli dalolatnomasi). Dissertatsiyaning natijalari asosida bildirilgan xulosalar O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam bergan.
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini bog‘lanishida Afg‘oniston omilining ustuvor o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, Transafg‘on  transport koridorini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalarni ishlab chiqish maqsadida TDShU huzurida Janubiy Osiyo tadqiqotlarini tashkil etish taklifi xususidagi xulosalardan “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqboli (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” amaliy tashabbuskor loyihasi doirasida foydalanilgan. (IL-5221091507 “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqboli (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” mavzusidagi amaliy loyihaning 2024-yil 28-iyundagi 01-04-01/1442 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan taklif va tashabbuslar loyiha doirasida chop etilgan tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan.
Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Muvaqqat hukumati o‘rtasidagi an’anaviy aloqalar de-fakto saqlab qolingan bo‘lishiga qaramasdan Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegaraviy ziddiyatlarning kuchayib borish tendensiyasi pushtunlarni ikki qismga ajratib yuborgan “Dyurand chizig‘i”ning hal etilmagani xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan berilgan 2024-yil 11-iyundagi 06-31-726-sonli dalolatnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tarixiy munosabatlar evolyusiyasi, ikki tomonlama munosabatlardagi ziddiyatli masalalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik va aholiga ilmiy tarzda etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish