Ganiev Baxtiyor Zulfiqor o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1757
Ilmiy rahbar: Mamaraximov Bekzod Erkinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mo‘minov Nozim Gaffarovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ishchi kuchi talabi va taklifining miqdor va sifat mezonlari bo‘yicha o‘zaro muvofiqligini ta’minlashda gender, hudud hamda tarmoq (soha) xususiyatlari jihatidan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra mehnatga haq to‘lash darajasining pastligi sababli “yashirin ishsizlik” shaklida namoyon bo‘luvchi ish bilan bandlarning mehnat shartlari va sharoitini real ish haqining o‘rtacha darajasiga muvofiq holda dinamik o‘zgartirish tartibini kiritish orqali ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash asoslangan;
hududlardagi ishchi kuchi taklifi va bandligining o‘zaro nisbatiga ko‘ra guruhlash orqali ayol jinsiga mansub qismi bo‘yicha miqdoriy jihatdan “past” (1,145≤M_p^a≤1,154), “o‘rta” (1,132≤M_o’^a≤1,140), “yuqori” (1,0≤M_y^a≤1,127), erkak jinsiga mansub qismi bo‘yicha “past” (1,073≤M_p^e≤1,076), “o‘rta” (1,069≤M_o’^e≤1,072), “yuqori” (1,0≤M_y^e≤1,065) oraliqlarida ishchi kuchi bozorida gender jihatdan muvozanatni ta’minlash asoslangan;
O‘zbekistondagi ishchi kuchi, iqtisodiy faol aholi hamda iqtisodiyotda bandlar soni o‘rtasidagi bog‘liqlikning avtoregressiya modellari asosida ishchi kuchi bozori uchun 2028 yilga qadar o‘rta muddatli muqobil prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. shchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanat” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ishchi kuchi talabi va taklifining miqdor va sifat mezonlari bo‘yicha o‘zaro muvofiqligini ta’minlashda gender, hudud hamda tarmoq (soha) xususiyatlari jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ijtimoiy-iqtisodiyot va davlat siyosati” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 25 apreldagi 111-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ishchi kuchi talabi va taklifining miqdor va sifat mezonlari bo‘yicha o‘zaro muvofiqligini ta’minlashda gender, hudud hamda tarmoq (soha) xususiyatlari jihatidan takomillashtirilgan ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanat tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni
yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra mehnatga haq to‘lash darajasining pastligi sababli “yashirin ishsizlik” shaklida namoyon bo‘luvchi ish bilan bandlarning mehnat shartlari va sharoitini real ish haqining o‘rtacha darajasiga muvofiq holda dinamik o‘zgartirish tartibini kiritish orqali ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qarorini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratadigan ish o‘rinlari soni ko‘ra kategoriyalash va shu asosda hamkorlik shartnomalari tuzish orqali hududlarda aholi bandligini ta’minlashni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 01/00-03/28-778-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiyotda samaradorlikning o‘sishiga erishish, bunda yuqori qo‘shilgan qiymat va ishchi kuchiga bo‘lgan talab mavjud sektorlarga alohida e’tibor berish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
hududlardagi ishchi kuchi taklifi va bandligining o‘zaro nisbatiga ko‘ra guruhlash orqali ayol jinsiga mansub qismi bo‘yicha miqdoriy jihatdan “past” (1,145≤M_p^a≤1,154), “o‘rta” (1,132≤M_o’^a≤1,140), “yuqori” (1,0≤M_y^a≤1,127), erkak jinsiga mansub qismi bo‘yicha “past” (1,073≤M_p^e≤1,076), “o‘rta” (1,069≤M_o’^e≤1,072), “yuqori” (1,0≤M_y^e≤1,065) oraliqlarida ishchi kuchi bozorida gender jihatdan muvozanatni ta’minlash taklifi 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 01/00-03/28-778-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ishchi kuchi bozorida gender jihatdan muvozanatni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi ishchi kuchi, iqtisodiy faol aholi hamda iqtisodiyotda bandlar soni o‘rtasidagi bog‘liqlikning avtoregressiya modellari asosida ishchi kuchi bozori uchun 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli muqobil prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 01/00-03/28-778-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish o‘rta muddatlar uchun ishchi kuchi bozorida talab va taklif o‘rtasidagi farq kattaliklari prognozlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.