Olimova Bahora Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ta’lim xizmatlarini konvergensiyalashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3437.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Toxirov Javlon Raximovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim xizmatlarini konvergensiyalashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«yashil iqtisodiyot»ga o‘tishi sharoitida ta’lim xizmatlarini «global kelajak trend»lari sifatida «raqamlashtirish», «dekorbonizatsiyalash» va «reformatsiyalash» uchligiga ko‘ra «yashil ta’lim»ga o‘tishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ta’lim tizimida talab va ehtiyojni konvergensiyalash hamda sun’iy intellekt, kompyuter texnologiyalari va robot mashinalari bilan muloqot qila oladigan konvergent (kelajak) kasb egalarini tayyorlash orqali ta’lim xizmatlari bozori infratuzilmasini optimallashtirish taklif qilingan;
bilimlar iqtisodiyotining konseptual asoslari an’anaviy ta’limdan innovatsion ta’limga o‘tish jarayonida xalq ta’limi, professional ta’lim va oliy ta’limni konvergentlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatida ta’lim xizmatlarini konvergentlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ko‘ra 2024-2028 yillarga bo‘lgan davrda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish xarajatlarining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim xizmatlarini konvergensiyalashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
iqtisodiyotning «yashil iqtisodiyot»ga o‘tishi sharoitida ta’lim xizmatlarini «global kelajak trend»lari sifatida «raqamlashtirish», «dekorbonizatsiyalash» va «reformatsiyalash» uchligiga ko‘ra «yashil ta’lim»ga o‘tish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 25-iyuldagi «Maxsus ta’lim tizimi sifatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 333-4-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-apreldagi 3/14-2024-7167-son ma’lumotnomasi). Taklif Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ta’lim jarayonini raqamlashtirishga ko‘ra takomillashtirish, o‘quv dasturlari va o‘quv jarayonini yangi shakllarda tashkil etishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ta’lim tizimida talab va ehtiyojni konvergensiyalash hamda sun’iy intellekt, kompyuter texnologiyalari va robot mashinalari bilan muloqot qila oladigan konvergent (kelajak) kasb egalarini tayyorlash orqali ta’lim xizmatlari bozori infratuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023 yil 25-iyuldagi «Maxsus ta’lim tizimi sifatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 333 4 0 Q/21 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-apreldagi 3/14-2024-7167-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 2022 2023 o‘quv yilidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida «Mexatronika va robototexnika», «Axborot tizimlari va texnologiyalari» bakalavr ta’lim yo‘nalishida mutaxassis kadrlarni tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilgan;
bilimlar iqtisodiyotining konseptual asoslari an’anaviy ta’limdan innovatsion ta’limga o‘tish jarayonida xalq ta’limi, professional ta’lim va oliy ta’limni konvergentlashga ko‘ra takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 25-iyuldagi «Maxsus ta’lim tizimi sifatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 333-4-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-apreldagi 3/14-2024-7167-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif innovatsion hamkorlikka ko‘ra o‘quvchilarni jamiyatning yangi talablari va innovatsion o‘zgarishlarga tayyorlash va unga ko‘ra ta’limga sarflanayotgan moliyaviy resurslardan samarli foydalanish darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida ta’lim xizmatlarini konvergentlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ko‘ra 2024-2028 yillarga bo‘lgan davrda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish xarajatlarining prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son «Qashqadaryo viloyatini 2024 2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-apreldagi 3/14-2024-7167-son ma’lumotnomasi). Taklif konvergensiyalash sharoitida ta’lim xizmatlarini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish