Fayziev Elyor Alievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amudaryo deltasi landshaftlarining melioratsiya ta’sirida o؛zgarishi», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr265.
Ilmiy rahbar: Rafikov Vaxob Asamovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Qo؛ziboeva Ozodxon Maxmudovna, geografiya fanlari doktori, professor; Allanazarov Keunimjay Jannazarovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amudaryo deltasi landshaftlarining dinamik o‘zgarishiga melioratsiyani ta’sirini aniqlash, deltada melioratsiyani rivojlantirish va yaxshilishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo deltasidagi hududlar tabiiy sharoitining o‘ziga xosligi, er osti suvlari va tuproq sho‘rlanish darajalari bilan bog‘liq ravishda sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan va kuchli sho‘rlangan tuproqlar vujudga kelganligi asoslangan;
Amudaryo deltasida sug‘oriladigan va yangi o‘zlashtirilgan erlarning tuproq meliorativ holatini yaxshilash maqsadida sug‘orish maydonlarining tabiiy meliorativ holatlari aniqlangan va ilmiy asoslangan;
Amudaryo deltasining 1:1000000 mashtabdagi “Grunt suvlari sathining o‘zgarishi (1991, 2001, 2011, 2022 yillar)”, “Amudaryo deltasi tuproqlarining mexanik tarkibi va sho‘rlanish darajasi” hamda “Grunt suvlarining minerallashish va tuproq sho‘rlanish darajasi” kartalari ArsGIS dasturida yaratilgan;
Amudaryo deltasi erlari tabiiy meliorativ jihatdan yaxshilash maqsadida rayonlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo deltasi landshaftlarining melioratsiya ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Amudaryo deltasi landshaft hosil qiluvchi tabiiy omillarning hozirgi holatini yaxshilash, tabiiy komplekslar strukturasi va deltada irrigatsiyaning rivojlantirish, er osti suvlari va tuproq sho‘rlanish darajalarini kamaytirishga doir tavsiyalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 01/18-2-1998 son ma’lumotnomasi). Natijada, Amudaryo deltasi hududida qishloq xo‘jalik erlaridan rejali foydalanish imkonini bergan;
Amudaryo deltasida sug‘oriladigan va yangi o‘zlashtirilgan erlarning tuproq meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 01/18-2-1998 son ma’lumotnomasi). Natijada, delta landshaftlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarini oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Amudaryo deltasining “Er osti suvlari” hamda “Grunt suvlarining mineralizatsiya darajasi va tuproqlarning sho‘rlanish darajasi” kartalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 01/18-2-1998 son ma’lumotnomasi). Natijada, Amudaryo deltasi landshaftlarining kadastr tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
Amudaryo deltasi erlarini tabiiy meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha rayonlashtirish mezonlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 01/18-2-1998 son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini belgilovchi tabiiy omillarni har tomonlama miqdoriy va sifat jihatidan tahlil qilinib, ulardan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabaqalashtirilgan holda foydalanish imkonini bergan.