Artikova Yulduz Akmalovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Interaktiv  telejurnalistikaning nazariy asoslari va taraqqiyot tendensiyalari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil447.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Normatov Karim Normatovich, tarix fanlari doktori, professor; Mamatova Yakuta Muxamedjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saidov Halim  Omonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  interaktiv jurnalistikaning nazariy jihatlariga asoslangan holda interaktiv televideniening afzalligi, shakllanish jarayoni, telekanallarning interaktiv kontentini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
interaktiv telejurnalistikada kommunikatsion jarayon samaradorligini ikki va undan ortiq kommunikatsiya subektlarining o‘zaro ta’sirlanish jarayonini sotsiologik, psixologik va etik fan yoʻnalishlari aspektlari asosida baholash zarurati dalillangan;
o‘zaro muloqot jarayonida auditoriyaning muloqotga, erkin fikr bildirishga, o‘zini namoyish qilishga bo‘lgan fiziologik, psixologik ehtiyojlari integratsiyalashuvi mediamarketing ko‘rsatkichlariga  ko‘ra  telejurnalistikaning taraqqiyot tendensiyasiga olib chiquvchi omil ekanligi isbotlangan;  
ikki va undan ortiq kommunikatsiya subektlari ishtirok etadigan interaktiv telejurnalistikaning taraqqiyot tendensiyasining dinamik evolyusiyasi o‘zaro ta’sirlanishga asoslanganligi aniqlangan;
interaktiv teleko‘rsatuvlarning samaradorligi sifatida qaytariqli aloqaga asoslangan  auditoriya qiziqishlari va qarashlari aks etadigan  ijtimoiy fikr platformasiga aylanishi aniqlangan;
interaktiv teleko‘rsatuvlarda auditoriyaga ta’sir qilishda ijtimoiy-psixologik faktorlar sifatida etika muammolarini baholash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Interaktiv telejurnalistikaning nazariy asoslari va taraqqiyot tendensiyalari yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy - metodologik va amaliy takliflar asosida:
interaktiv telejurnalistikada kommunikatsion jarayon samaradorligini ikki va undan ortiq kommunikatsiya subektlarining  o‘zaro ta’sirlanish jarayonini    sotsiologik, psixologik va etik fan yoʻnalishlari aspektlari asosida baholash   tahlillaridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Media materiallarini tayyorlash bo‘limida audiovizual materiallarda muhim manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 4/1-6/83-95-son ma’lumotnomasi). Taklif “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Media materiallarini tayyorlashda auditoriya bilan muloqot jarayonlariga jiddiy professional yondashuvni shakllantirish, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub auditoriya uchun material tayyorlashga oid  bilim va ko‘nikmalarini oshirishga   xizmat qilgan;
o‘zaro muloqot jarayonida auditoriyaning muloqotga, erkin fikr bildirishga, o‘zini namoyish qilishga bo‘lgan fiziologik, psixologik ehtiyojlari integratsiyalashuvi mediamarketing ko‘rsatkichlariga  ko‘ra  telejurnalistikaning taraqqiyot tendensiyasiga olib chiquvchi omil ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Media materiallarini tayyorlash bo‘limida audiovizual materiallarda muhim manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 4/1-6/83-95-son ma’lumotnomasi). Natijada telejurnalistlarda sohaga oid zamonaviy qarashlarni shakllantirish, ularning kasbiy kompetensiyasini oshirishga  ijobiy ta'sir ko‘rsatishga xizmat qilgan;
ikki va undan ortiq kommunikatsiya subektlari ishtirok etadigan interaktiv telejurnalistikaning taraqqiyot tendensiyasining dinamik evolyusiyasi  o‘zaro ta’sirlanishga asoslanganligi  bo‘yicha izlanishlardan O‘zbekiston “Milliy media birlashma” nodavlat notijorat tashkilotiga a’zo bo‘lgan telekanallarda tayyorlangan teleko‘rsatuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy media birlashmasining 2023-yil 8-iyundagi 01-03/268-son ma’lumotnomasi). Xulosalar milliy telejurnalistikada interaktiv usulda tayyorlanadigan ko‘rsatuvlarga tizimli yondashish darajasini oshirish, mavjud imkoniyatlardan maqsadli foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan;
 interaktiv teleko‘rsatuvlarning samaradorligi sifatida qaytariqli aloqaga asoslangan  auditoriya qiziqishlari va qarashlari aks etadigan  ijtimoiy fikr platformasiga aylanishi  bo‘yicha  ilmiy natijalardan “Xalqaro Press klub” tashkiloti tomonidan tayyorlanayotgan teleko‘rsatuvlar doirasida foydalanilgan (“Xalqaro Press klub” tashkilotining 2023-yil 1-iyundagi 1-son ma’lumotnoma). Natijada, Taklif “Xalqaro Press klub” ko‘rsatuvlar kontentini qayta ko‘rib chiqilishiga ko‘ra tayyorlanayotgan materiallarning sifatini yanada yaxshilashga hamda ijodkorlarning kasbiy mahorat masalalari oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
 interaktiv teleko‘rsatuvlarda auditoriyaga ta’sir qilishda ijtimoiy-psixologik faktorlar sifatida etika muammolarini tahlil qilish, tavsiyalar ishlab chiqish zarurati bo‘yicha tahlillardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tomonidan efirga uzatilayotgan “Munozara maydoni”, “Yuridik klinika” singari interaktiv teleko‘rsatuvlarni tayyorlash hamda teletomoshabinlar bilan muloqot samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 1-iyundagi 02-15-870-son ma’lumotnomasi). Natijada auditoriyaning muloqotga kirishish, muomala qilish, munosabat bildirishga bo‘lgan tabiiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda jurnalistlarning nutq madaniyatini oshirish, kasbiy mahoratining nazariy-metodologik sifatini yuksaltirgan holda material tayyorlash darajasini sifat jihatdan boyitishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish