Saidov Jasur Doniyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4177.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Fayziev Mirzaali Asfandiyarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik, ergonomik shart-saroitlari boshqarish, tashkil etish, loyihalash, texnologik, metodik pedagogik funksiyalarini va moslashuvchanlik, qo‘llash, nazorat qilish, savodxonlik bo‘yicha elektron-didaktik vositalar funksiyalariga tizimli-mazmuniy hamda dasturiy-metodik muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli maqsad, jarayon, monitoring, natija komponentlar uzviyligida va tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar, didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnik tamoyilllar ustuvorligida hamda ta’lim natijasini bashoratlovchi dasturiy-algoritmik ketma-ketlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
    bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi tizimlashtirish, algoritmlash, dasturlash, mantiqiy-tuzilmaviy boshqaruv sifati va samaradorligini oshiruvchi elektron-didaktik vosilalarini metodik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv kontentlarini yaratish texnologiyasi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, intellektual dasturiy, loyihalash, algoritmlash, formallashtirish, modellashtirish, dasturlash, vizuallashtirish va boshqarish kabi baholash darajalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik, ergonomik shart-saroitlari boshqarish, tashkil etish, loyihalash, texnologik, metodik pedagogik funksiyalarini va moslashuvchanlik, qo‘llash, nazorat qilish, savodxonlik bo‘yicha elektron-didaktik vositalar funksiyalariga tizimli-mazmuniy hamda dasturiy-metodik muvofiqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60540200 – Amaliy matematika bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universitetining 2023-yil 27-iyundagi 11-sonli qarori asosida berilgan 88-32-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada yaratilgan darslik bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirishda didaktik material sifatida xizmat qilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli maqsad, jarayon, monitoring, natija komponentlar uzviyligida va tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar, didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnik tamoyilllar ustuvorligida hamda ta’lim natijasini bashoratlovchi dasturiy-algoritmik ketma-ketlikni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan 110000 - Pedagogik ta’lim sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 7-dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-133-raqamli guvohnomasi). Natijada yaratilgan o‘quv qo‘llanma asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi tizimlashtirish, algoritmlash, dasturlash, mantiqiy-tuzilmaviy boshqaruv sifati va samaradorligini oshiruvchi elektron-didaktik vosilalarini metodik moslashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60540200 – Amaliy matematika bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Algoritmlar va berilganlar strukturasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universitetining 2023-yil 28-fevraldagi 7-sonli qarori asosida berilgan 28-11-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada yaratilgan o‘quv qo‘llanma bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining ma’lumotlar tuzilmasi bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv kontentlarini yaratish texnologiyasi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, intellektual  dasturiy, loyihalash, algoritmlash, formallashtirish, modellashtirish, dasturlash, vizuallashtirish va boshqarish kabi baholash darajalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Ma’lumotlar bazasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i, 583-469-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha bilimlarini nazorat qilish va o‘quv jarayonini metodik jixatdan ta’minlash imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish