Irnazarov Shaxrux Kudratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida O’zbekiston moliyaviy-iqtisodiy matbuotining shakllanishi va rivojlanishi”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil251.
Ilmiy rahbar: Xusanov Mirbatir, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Nozima, filologiya fanlari doktori, dotsent; Matyakubov Alisher, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy matbuotni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llarini ochib berish, mahalliy ommaviy axborot vositalarining mustaqil segmenti sifatida “ishbilarmonlik matbuoti” tushunchasini yaratish va ularning faoliyat parametrlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy-iqtisodiy matbuotining o‘tish davriga xos media faoliyatga asoslangan konseptual ijodiy va iqtisodyotning tarkibiy qismlariga ko‘ra farq qiluvchi rejalashtiruvchi, rivojlantiruvchi, statistik kabi tashqi parametrlari aniqlanib, jamiyatning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida shakllangan ommaviy axborot vositalarining yangi formatdagi moliyaviy-iqtisodiy matbuot segmentining zamonaviy axborot hamjamiyati uchun raqamli transformatsion sharoit sababli ahamiyati isbotlangan;
iqtisodyotning tarkibiy qismlariga ko‘ra farq qiluvchi faoliyat yo‘nalishlari moliyaviy-iqtisodiy matbuotning ijodiy missiyasini aniqlashda hal etuvchi omil ekani nazariy jihatdan isbotlangan;
ishbilarmonlik matbuotining ijodiy texnologiyalarini mediadagi tranformatsion jarayonlar sosida takomillashtirish zarurati isbotlanib, ixtisoslashtirilgan ishbilarmonlik nashrlar jurnalistlarining kasbiy mahoratining iqtisodyotning qaysi tarkibiy qismiga tegishliligiga ko‘ra farqli bo‘lgan o‘ziga xos subektiv va jurnalistik faoliyatning umumiy kasb talablariga xos xususiyatlari aniqlangan;
ishbilarmonlik jurnalistikasi bilan bog‘liq yangi kasbiy atama va tushunchalarning jurnalistika nazariyasi va ijtimoiy munosabatlar doirasida ishlatish ko‘lamiga bog‘liq tizimli talablar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida O‘zbekiston moliyaviy-iqtisodiy matbuotining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
moliyaviy-iqtisodiy matbuotining o‘tish davriga xos media faoliyatga asoslangan konseptual ijodiy va iqtisodyotning tarkibiy qismlariga ko‘ra farq qiluvchi rejalashtiruvchi, rivojlantiruvchi, statistik tashqi parametrlari aniqlanib, jamiyatning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida shakllangan ommaviy axborot vositalarining yangi formatdagi moliyaviy-iqtisodiy matbuoti segmentining ahamiyati, moliyaviy-iqtisodiy matbuot hamda vazirliklar va idoralarning axborot xizmatlari o‘rtasida axborot hamkorligini yo‘lga qo‘yishda M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti faoliyatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 9-apreldagi 89-03-1685-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda bildirilgan xulosa va takliflardan OAV uchun jurnalist kadrlarini tayyorlashda universitet ta’lim yo‘nalishida, tadqiqot materiallaridan M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, mamlakatimizdagi jurnalistika fakultetlari va kafedralari “Ommaviy kommunikatsiyalar nazariyasi va tarixi”, “Jurnalistika va siyosat”, “Axborot jarayonlarining globallashuvi sharoitida jurnalistik ijod” kabi fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarining nazariy ishlanmalarini tayyorlashda muhim nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
ishbilarmonlik jurnalistikasi bilan bog‘liq yangi kasbiy atama va tushunchalarning jurnalistika nazariyasi va ijtimoiy munosabatlar doirasida ishlatish ko‘lamiga bog‘liq talablar qo‘llanilishiga doir ilmiy-tahliliy kuzatishlardan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023-yil 28-martdagi 03-01-1279-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining axborot xizmatlarida ishlaydigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
iqtisodyotning tarkibiy qismlariga ko‘ra farq qiluvchi faoliyat yo‘nalishlari moliyaviy-iqtisodiy matbuotning ijodiy missiyasini aniqlashda hal etuvchi omil ekani bo‘icha nazariy mulohazalarni, ko‘rsatmalarni amalda qo‘llashda KFW tashkiloti faoliyatida foydalanilgan (KFWning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasining 2023-yil 4-apreldagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada, Germaniya taraqqiyot bankining moliyalashtirish va rivojlanish siyosati tajribasiga oid tavsiyalarini qo‘llashda amaliy manba sifatida yordam bergan;
tizimli islohotlar bosqichlarida bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining amal qilishini tushuntirish imkonini beruvchi ishbilarmonlik matbuotining ijodiy texnologiyalarini takomillashtirish, “XXI asr” gazetasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarning o‘ziga xos sub’ektiv va umumiy kasb talablariga xos obektiv xususiyatlarini aniqlashda “XXI asr” iqtisodiy gazetasi faoliyatida foydalanilgan (“XXI asr” gazetasining 2023-yil 11-apreldagi 33/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy ommaviy axborot vositalarida moliyaviy-iqtisodiy mavzularni yoritish bo‘yicha nazariy tamoyillar, tavsiyalardan o‘rinli va unumli foydalanish yo‘llarini ko‘rsatishda muhim manba bo‘lgan.