Rahmanov Valijon Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarida fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped.1985.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qarlibaeva Guljahan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik aspektlari dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida namoyish tajribalar bilan eksperimental tajribalarini qayta aloqali muhitda produktivlik darajalarda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
fizikadan “Elektromagnit tebranish va to‘lqinlar” bo‘limiga tegishli namoyish tajribalarni yaratishning ergonomik tamoyillari debat, trening, ijodiy-konstruktiv, guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘rganish kabi pedagogik usullardan foydalanib o‘qituvchi va o‘quvchining aqliy mehnat faoliyati samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modelining baholah mezonida motvatsion, faoliyatli eksperement, kognitiv va intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish bloklaridan iborat tuzilma mazmuni maqsadli-ierarxik rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning namoyishli tajribalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish modelining maqsadli-diagnostik va amaliy-refleksiv bloklardan iborat tuzilmasi axborot bilan ishlash, samaradorlik, echim qabul qilish, natijalar bogʻliqligidan iborat ko‘nikmalarni kompleks integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limiga oid namoyish tajribalarni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik aspektlari dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida namoyish tajribalar bilan eksperimental tajribalarini qayta aloqali muhitda produktivlik darajalarda qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarining 60530900 − Fizika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tebranish va to‘lqinlarga oid o‘quv eksperimentleri” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universitetining 2022-yil 24-noyabrdagi 4-sonli qarori asosida berilgan 234−11−raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning namoyish tajribalarni yaratishga doir kompetensiyalarini shakllantirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fizikadan “Elektromagnit tebranish va to‘lqinlar” bo‘limiga tegishli namoyish tajribalarni yaratishning ergonomik tamoyillari debat, trening, ijodiy-konstruktiv, guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘rganish kabi pedagogik usullardan foydalanib o‘qituvchi va o‘quvchining aqliy mehnat faoliyati samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarining 60530900 − Fizika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tebranish va to‘lqinlarga oid o‘quv eksperimentleri” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2022-yil 24-noyabrdagi 4-sonli qarori asosida berilgan 234−11−raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, fizikadan namoyish tajribalarni yaratishda va bajarishda o‘quvchilarning kreativ faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modelining baholah mezonida motvatsion, faoliyatli eksperement, kognitiv va intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish bloklaridan iborat tuzilma mazmuni maqsadli-ierarxik rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish hamda fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning namoyishli tajribalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish modelining maqsadli-diagnostik va amaliy-refleksiv bloklardan iborat tuzilmasi axborot bilan ishlash, samaradorlik, echim qabul qilish, natijalar bogʻliqligidan iborat ko‘nikmalarni kompleks integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarining 60510100 – Biologiya (turlar bo‘yicha) hamda 60530100 – Kimyo (turlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy” fizika nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 29-martdagi 8-sonli qarori asosida berilgan 49−05-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, fizikani nazariy va eksperimental o‘qitish sifati va samaradorligi hamda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil e’ishning metodik tizimi takomillashtirilgan.