Paluaniyazova Dilbar Allaniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston mayda shoxli mollari gelmintlari (faunasi, tarqalishi, ekologiya», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B843.
Ilmiy rahbar: Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor; Saparbaev Jumabay, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston sharoitida mayda shoxli mollar gelmintlarining tur tarkibini aniqlash, taksonomik xilma-xilligi va bioekologik xususiyatlarini kompleks holda o‘rganish hamda asosiy gelmintozlar qo‘zg‘atuvchilarining oldini olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston sharoitida mayda shoxli mollar gelmintlarining 2 ta tip, 3 ta sinf, 9 ta turkum, 15 ta oila, 25 avlodga mansub 37 turi aniqlangan. Aniqlangan gelmintlardan 34 turi qo‘ylarda va 31 turi echkilarda qayd etilgan;
Fasciola gigantica turining qo‘ylarning jigari bilan bir qatorda ularning o‘pkasida ham parazitlik qilishi MDH, jumladan, O‘zbekistonda ilk bor aniqlangan;
qo‘ylarda parazitlik qiladigan gelmitlardan quyidagi 13 ta turi: Moniezia benedeni, Oesophagostomum venulosum, O. solumbianum, Dictyocaulus filaria, Trichostrongylus axei, T. vitrinus, Haemonchus placei, Marshallagia marshalli, Nematodirus abnormalis, N. helvetianus, Gongylonema pulchrum, Parabronema skrjabini, Skrjabinodera saiga Qoraqalpog‘iston gelmintofaunasi uchun ilk bor aniqlangan;
echkilarda aniqlangan 31 ta tur gelmintdan - Alveoccocus multilocularis (larvae) turi MDH gelmintofaunasi uchun hamda 23 ta turi: Moniezia benedeni, Avitellina centripunctata, Thysaniezia giardi, Multiceps multiceps (larvae), Alveococcus multicularis (larvae), Trichocephalus ovis, Chabertia ovina, Oesophagostomum venulosum, O. columbianum, Dictyocaulus filaria, Trichostrongylus axei, T. vitrines, Haemonchus contortus, H. placei, Marshallagia marshalli, Nematodirus abnormalis, N. helvetianus, Skrjabinema ovis, S. caprae, Gongylonema pulchrum, Parabronema skrjabini, Setaria labiatopapillosa, S. digitata Qoraqalpog‘iston gelmintofaunasi uchun ilk bor qayd etilgan;
mayda shoxli mollar bilan ularning parazitlari o‘rtasidagi biotsenotik aloqalari ochib berilgan hamda gelmintlarning 6 ta biologik guruhi mavjudligi qayd etilgan;
mayda shoxli mollarning gelmintlar bilan zararlanish darajasi yil fasllari bo‘yicha hamda Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlari bo‘yicha taqsimlanishi ochib berilgan;
mayda shoxli mollarda keng tarqalgan nematodalardan Haemonchus, Marshallagia, Nematodirus va Dictyoculus avlodlari vakillarining bio-ekologik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston mayda shoxli mollari gelmintlari (faunasi, tarqalishi, ekologiyasi) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston hududida mayda shoxli mollar o‘pkasi va jigarida parazitlik qiladigan exinokokkoz va alveokokkoz qo‘zg‘atuvchilari hamda bosh miyasida parazitlik qiladigan senuroz qo‘zg‘atuvchisi ba’zan odamlarda ham uchrab, og‘ir kasalliklarga olib kelishi va bu gelmintozlarning asosiy xo‘jayinlari yirtqich hayvonlar, jumladan, itlar hisoblanishi o‘rganilgan. Yuqoridagi parazitlar bilan kasallangan qo‘y va echkilarni kasallangan organlarini, ularni asosiy xo‘jayinlari bo‘lmish itlarga bermasdan tuproqqa chuqur ko‘mish yoki kuydirish yo‘li bilan yo‘qotish asosida kasallanishni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 4-iyundagi 01/3155-son ma’lumotnomasi). Natijada, exinokokkoz, alveokokkoz va senuroz qo‘zg‘atuvchilari bilan itlarning zararlanish darajasini kamaytirish hamda kasallik qo‘zg‘atuvchilarining odamlarga uzatilish zanjirini uzish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot va Bo‘zatov tumanlaridagi qo‘ychilik fermer xo‘jaliklarida moniezioz, shistosomoz va parabronemoz bilan zararlangan qo‘ylarda prazikvantel va fenbendazol (SMKF) supramolekulyar komplekslarining antigelmintik samaradorligi aniqlanib, veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasining 2024-yil 25-martdagi 33/01-05-252-son ma’lumotnomasi). Natijada bu preparatlar moniezioz, shistosomoz va parabronemoz bilan kasallangan qo‘ylarga 2,0 va 3,0 mg/kg dozalarda berilganda 85,7 va 100% samaradorlikka erishilgan. Olib borilgan tadqiqot ishlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘ychilik fermer xo‘jaliklarida qo‘ylarning moniezioz, shistosomoz va parabronemoz bilan kasallanishini keskin kamaytirish imkonini bergan;
shuningdek, Qoraqalpog‘iston sharoitida mayda shoxli mollarda parazitlik qiladigan dominant nematodalardan - Haemonchus, Marshallagia, Nematodirus va Dictyoculus avlodlari vakillari tuxum hamda lichinkalarini tashqi muhitda yashovchanligini yil fasllari bo‘yicha aniqlash uchun muallif tomonidan 2021-2024-yillar davomida Taxtako‘pir tumaniga qarashli chorvachilik fermer xojaliklarida 3 ta biotopda: ochiq joyda; shuvoq ildizlari atrofida va saksavul shoxlari tagida tajribalar qo‘yish asosida o‘rganilib tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tavsiyanomada mayda shoxli mollarni bir yaylovda uzoq muddatda boqmasdan, yaylovlarni tez-tez almashtirib turish, qo‘y-echkilar yuqoridagi invaziya elementlari bilan deyarli zararlanmasligi kuzatildi, bu ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining Taxtako‘pir tumani bo‘limi amaliyoliga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 19-iyundagi 01/18-2-1924 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududlarda mayda shoxli mollar boqiladigan yaylovlarda dominant gelmintlar invazion elementlarini va hayvonlarni ular bilan zararlansh darajasini boshqarish imkonini bergan.