Shamsutdinova Guzel` Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Surunkali yurak etishmovchiligining turli tarkibli muolajalarini endotelial disfunksiya va buyrak funksional zaxirasiga ta’siri", 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib.3512.
Ilmiy raxbar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/08.05.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Marufxanov Xamid Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Uzbekova Nelli Rafikovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali yurak etishmovchiligining turli tarkibli muolajalarini endotelial disfunksiyasi va buyrak funksional zaxirasi hamda bemorlarni ambulator va shifoxona sharoitida davolanish ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ichi gemodinamikasi solishtirma o‘rganilganda tarkibida NGKT2i bo‘lgan uchinchi guruhda qolgan ikki guruhga nisbatan yurak ichi gemodinamikasi, xususan, so‘ngi sistolik va diastolik hajm hamda chap qorincha qon otish fraksiyasi ko‘rsatkichlarida yuqori ishonchli ijobiy o‘zgarishlar aniqlangan;
gomotsistein ko‘rsatkichlari uchinchi guruhda 16.4±1.4 mkmol`/l dan 9.2±0.9 mkmol`/l ga, 1.8 marotaba kamaydi va yuqori ishonchli (r<0,001). farq kuzatildi. Olingan natijalar dapagliflozin (forsiga)ning tomirlardagi endotelial disfunksiyani samarali barqarorlashtirishi tasdiqlangan;
qonda N–pro miya natriy uretik peptid ko‘rsatkichlari tarkibida β-blokatorlar + sakubitril-valsartan (yuperio) + MRKA + glyukoza – NGKT2i (dapagliflozin/forsiga) mavjud standart davo olgan guruhda 1189.2±32.5 pg/ml dan 936.6±29,3 pg/mlga 1,3 marotaba kamayib yuqori ishonchli (r<0,001) farqi isbotlangan;
BFZ ko‘rsatkichlarini har uchala guruh bemorlarda muolajlardan oldin mos ravishda 4,5±0,2 %, 4.4±0.5m% va 4,3±0,3 % ekanligi qayd etildi. Muolajalardan olti oy keyin mos ravishda quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi: 4.9±0.3% (r˃0.05), 5.2±0.3% (r˃0.05) va 5.4±0.4 % (r<0,05). So‘ngi guruhdagi ishonchli o‘zgarish GNKT2i vakili-dapagliflozinning antifibroz ta’sir ko‘rsatib buyraklar funksional holatini barqarorlashtirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 fevral` №01-02/u-t-x-08 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 26 martdagi 21-15-617-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: yurak ichi gemodinamikasi solishtirma o‘rganilganda tarkibida NGKT2i bo‘lgan uchinchi guruhda qolgan ikki guruhga nisbatan yurak ichi gemodinamikasi, xususan, so‘ngi sistolik va diastolik hajm hamda chap qorincha qon otish fraksiyasi ko‘rsatkichlarida yuqori ishonchli ijobiy o‘zgarishlar aniqlangan; Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 22.01.2024 yildagi 6-sonli, Farg‘ona shahar xarbiy gospitaliga 29.01.2024 yildagi 29-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda o‘tkazilgan standart kompleks davo bemorlarning hayot sifatiga ishonchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi: Tanlangan davo negizida bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali davolash usuli samarasi aniqlandi: Evr = (D1-D2) × (G+E) × N - 0.15× K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2 - davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E – mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N – tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemorlar soni); 0.15 – samaradorlining me’yoriy koeffisienti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi.Evr = (10-8) × (200000+80000) × 120 - 0.15× 8000000 = 66000000. Olingan natijalarga ko‘ra surunkali yurak etishmovchiligining mavjud bemorlarni davolashda ushbu usulning qo‘llanilishi iqtisodiy samara bergan. Xulosa: β-blokatorlar + sakubitril-valsartan (yuperio)+verashpiron+dapagliflozin preparatlari buyurilgan bemorlar guruhida qolgan ikki guruhga nisbatan yurak so‘ngi sistolik va diastolik hajm hamda chap qorincha qon otish fraksiyasi ko‘rsatkichlar yuqori ishonchli (r<0,001) ijobiy o‘zgarishlar aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gomotsistein ko‘rsatkichlari uchinchi guruhda 16.4±1.4 mkmol`/l dan 9.2±0.9 mkmol`/l ga, 1.8 marotaba kamaydi va yuqori ishonchli (r<0,001). farq kuzatildi. Olingan natijalar dapagliflozin (forsiga)ning tomirlardagi endotelial disfunksiyani samarali barqarorlashtirishi tasdiqlangan; Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 22.01.2024 yildagi 6-sonli, Farg‘ona shahar xarbiy gospitaliga 29.01.2024 yildagi 29-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarga kompleks davo buyurilganda ularning poliklinikaga murojaati, tez tibbiy yordamga muhtojligi va shifoxonaga yotishlari soni ishonchli kamayadi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida tanlangan davo negizida bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali davolash usuli samarasi aniqlangan. Xususan bir yilda 1 ta surunkali yurak etishmovchiligi bemorga 550000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: Surunkali yurak etishmovchiligining turli tarkibli muolajalaridan keyin gomotsistein ko‘rsatgichlari birinchi guruhda 1,5 (r<0,01), ikkinchi guruhda 1,4 (r<0,05) va uchinchi guruhda 1,8 (r<0,001) marotaba kamaydi. Uchinchi guruhda gomotsisteinning muolajalardan so‘ng yuqori ishonchli kamayishini standart davo tarkibidagi dapagliflozin (forsiga)ning tomirlardagi endotelial disfunksiyani samarali barqarorlashtirishi bilan bog‘liq.
uchinchi ilmiy yangilik: qonda N–pro miya natriy uretik peptid ko‘rsatkichlari tarkibida β-blokatorlar + sakubitril-valsartan (yuperio) + MRKA + glyukoza – NGKT2i (dapagliflozin/forsiga) mavjud standart davo olgan guruhda 1189.2±32.5 pg/ml dan 936.6±29,3 pg/mlga 1,3 marotaba kamayib yuqori ishonchli (r<0,001) farqi isbotlangan; Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 22.01.2024 yildagi 6-sonli, Farg‘ona shahar xarbiy gospitaliga 29.01.2024 yildagi 29-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarga kompleks davo buyurilganda surunkali buyrak kasallklarini oldini olishga va erta tashxislashga imkon bergan. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida tanlangan davo negizida bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali davolash usuli samarasi aniqlangan. Xususan bir yilda 1 ta surunkali yurak etishmovchiligi bemorga 550000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: Buyraklar funksional zaxirasi barcha guruh bemorlarda muolajadan oldin zahira mavjud emasligi aniqlandi. Davodan so‘ng uning ko‘rsatgichlari birinchi guruhda 4.9±0.3% ga (r˃0.05), ikkinchi guruhda 5.2±0.3% ga (r˃0.05), uchinchi guruhda esa 5.4±0.4 % ga oshdi (r<0,05).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BFZ ko‘rsatkichlarini har uchala guruh bemorlarda muolajlardan oldin mos ravishda 4,5±0,2 %, 4.4±0.5m% va 4,3±0,3 % ekanligi qayd etildi. Muolajalardan olti oy keyin mos ravishda quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi: 4.9±0.3% (r˃0.05), 5.2±0.3% (r˃0.05) va 5.4±0.4 % (r<0,05). So‘ngi guruhdagi ishonchli o‘zgarish GNKT2i vakili-dapagliflozinning antifibroz ta’sir ko‘rsatib buyraklar funksional holatini barqarorlashtirishi asoslangan; Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 22.01.2024 yildagi 6-sonli, Farg‘ona shahar xarbiy gospitaliga 29.01.2024 yildagi 29-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarga kompleks davo buyurilganda ularning poliklinikaga murojaati, tez tibbiy yordamga muhtojligi va shifoxonaga yotishlari soni ishonchli kamaygan. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida tanlangan davo negizida bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali davolash usuli samarasi aniqlangan. Xususan bir yilda 1 ta surunkali yurak etishmovchiligi bemorga 550000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: Surunkali yurak etishmovchiligining turli tarkibli muolajalaridan oldin va keyin N–pro miya natriy uretik peptid ko‘rsatkichlari solishtirilganda, tarkibida β-blokatorlar+sakubitril-valsartan+veroshpiron+dapagliflozin mavjud standart davo olgan uchinchi guruhda uning ko‘rsatgichi 1189.2±32.5 pg/ml dan 936.6±29,3 pg/mlga yuqori ishonchli (r<0,001) kamaydi. Olingan natijalar sakubitril-valsartan+dapagliflozinni yurak mushaklariga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri bilan bog‘liq.