Tuxlieva Nargiza Bokijanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axboriy janrlar matnini optimallashtirishda tahrir va attraktiv usullarning o‘rni”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3022.
Ilmiy rahbar: Saidov Halim Amanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Isomiddinov Zuhriddin Nizomiddinovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot janrlari matnini optimallashtirishda tahrir hamda attraktiv usullarning o‘rni va funksiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matnni takomillashtirishning leksik, stilistik, orfografik me’yorlarga oid lingvistik, tasviriy va grafik echimni ta’minlovchi ekstralingvistik hamda kompozisiya va hajm bilan bog‘liq janriy mezonlari aniqlanib, ular kompleks yondashuvni ta’minlagani sababli mikro va makrotahrir jarayonlarida foydalanishning samaradorligi isbotlangan;
milliy OAVdagi yangilik, reportaj, intervyu kabi axborot janrlari matnida uchrayotgan mantiqiy, leksik, grammatik, stilistik, orfografik kamchiliklarning resepsiya jarayoniga ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy mazmun tarkibi va tasviriy, tavsifiy ifoda uslubiga ko‘ra salbiy ta’sir ko‘rsatitshi ochib berilgan;
yangilik, reportaj, intervyu va hisobot janrlariga oid matnlarni nashrga tayyorlashda o‘zbek tilining talaffuz va uslubiy me’yorlariga amal qilish bilan birga janrlarning aniqlik, qisqalik, soddalik talablaridan kelib chiqish, zamonaviy o‘quvchining ma’lumotlarni skanerlash, parallel iste’mol, refleksiyaning kuchsizlanishi kabi matn qabul qilish xususiyatlarini inobatga olish hamda kontentning auditoriya axboriy so‘rovlariga mos kelishiga ko‘ra relevantligini ta’minlash zarurati dalillangan;
bugungi globallashuv davrida yagona yirik axboriy maydonga birlashish davrida attraktivlikni oshiruvchi uslub, talaffuz, notiqlik singari lingvistik va tasvir, grafika kabi ekstralingvistik vositalarning matnni qidiruv tizimlaridan topishni osonlashtirish, asosiy axborotni ajratib ko‘rsatish, emotsional bo‘yoqdorlik qo‘shish kabi yangi vazifalari mavjudligi hamda ulardan axborot janrlari matnini optimallashtirishda foydalanishning kontekstual va kommunikativ ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Axborot janrlari tahririning o‘ziga xos xususiyatlari hamda matnni optimallashtirishda attraktiv usullarning qo‘llanishini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
matnni takomillashtirishning leksik, stilistik, orfografik me’yorlarga oid lingvistik, tasviriy va grafik echimni ta’minlovchi ekstralingvistik hamda kompozisiya va hajm bilan bog‘liq janriy mezonlari aniqlanib, kompleks yondashuvni ta’minlagani sababli ulardan mikro va makrotahrir jarayonlarida foydalanishning samaradorligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “Ma’rifat” gazetasidagi axborot janrlariga oid materiallarni tayyorlash va tahrir qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 1-martdagi 04-27-122-son ma’lumotnomasi hamda “Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 29-fevraldagi 15-son dalolatnomasi). Natijada nashrning tahrir prinsiplari yanada takomillashtirilgan, muharrir hamda ijodiy xodimlar matnni optimallashtirish asoslari bilan tanishtirilgan hamda ularning kasbiy bilimlarini mustahkamlashga erishilgan;
milliy OAVdagi yangilik, reportaj, intervyu kabi axborot janrlari matnida uchrayotgan mantiqiy, leksik, grammatik, stilistik, orfografik kamchiliklarning resepsiya jarayoniga bir qator: ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy mazmun tarkibi va tasviriy, tavsifiy ifoda uslubiga ko‘ra salbiy ta’siri ochib berilgani to‘gʻrisidagi fikr-mulohazalardan “Daryo” internet nashri faoliyatida foydalanilgan (“Simple Networking Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2023-yil 12-dekabrdagi 75-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot janrlariga oid materiallarda kamchiliklarni bartaraf etish, matn optimalligi va jozibadorligini oshirish, axborotni izlash va undan foydalanishni yanada qulaylashtirishga erishildi. Tadqiqot internet nashrda eʼlon qilinuvchi axboriy janrlar tilining sofligini saqlash, ta’sirchanligini oshirish, matndan ko‘zlangan maqsadga erishish, uning xatolardan xoli bo‘lishini ta’minlash kabi muammolarni bartaraf etishda muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
yangilik, reportaj, intervyu va hisobot janrlariga oid matnlarni nashrga tayyorlashda o‘zbek tilining talaffuz va uslubiy me’yorlariga amal qilish bilan birga janrlarning aniqlik, qisqalik, soddalik talablaridan kelib chiqish, zamonaviy o‘quvchining ma’lumotlarni skanerlash, parallel iste’mol, refleksiyaning kuchsizlanishi kabi matn qabul qilish xususiyatlarini inobatga olish hamda kontentning auditoriya axboriy so‘rovlariga mos kelishiga ko‘ra relevantligini ta’minlash zarurati haqidagi umumlashma xulosalardan “xabar.uz” axborot-tahliliy portali materiallarini tahrir qilishda foydalanilgan (“Xabar” gazetasi tahririyati mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2023-yil 7-noyabrdagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot nashr tahrir prinsiplarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishda hamda muharrirlar malakasini oshirishda muhim manba vazifasini o‘tagan;
bugungi globallashuv davrida yagona yirik axboriy maydonga birlashish davrida attraktivlikni oshiruvchi uslub, talaffuz, notiqlik singari lingvistik va tasvir, grafika kabi ekstralingvistik vositalarning matnni qidiruv tizimlaridan topishni osonlashtirish, asosiy axborotni ajratib ko‘rsatish, emotsional bo‘yoqdorlik qo‘shish kabi yangi vazifalari mavjudligi hamda ulardan axborot janrlari matnini optimallashtirishda foydalanishning kontekstual va kommunikativ ahamiyati ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalardan “Ishonch” gazetasi hamda “Ishonch.uz” axborot-tahliliy portali jurnalistlari, muharrirlari, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlovchi mutaxassislarining zamonaviy kontentda sarlavhaning o‘rni, axborot janrlariga oid materiallarda sarlavha va tagsarlavhalar vazifasi, sarlavha qo‘yish usullari bo‘yicha bilimlarini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 2024-yil 29-fevraldagi BM-06/314-son ma’lumotnomasi hamda “Ishonch” va “Ishonch ‒ Doverie” gazetalari tahririyatining 2024-yil 29-fevraldagi 15-son dalolatnomasi). Natijada axborot janrlari sarlavhalari bilan ishlash, matn attraktivligini oshirish usullariga oid ilmiy tavsiyalar tahririyatning ijodiy jarayoniga tatbiq etilgan hamda yangiliklar, intervyu, reportaj va hisobotlar matnini tayyorlashda samaradorlikka erishilgan;
axborot janrlari matni faolligini oshiruvchi lingvistik va ekstralingvistik vositalarning matnni qidiruv tizimlaridan topishni osonlashtirish, asosiy axborotni ajratib ko‘rsatish, emotsional bo‘yoqdorlik qo‘shish kabi yangi vazifalari mavjudligi haqidagi ilmiy xulosalar va matnni optimallashtirishda lingvistik va ekstralingvistik vositalarni qo‘llashga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tayyorlangan yangilik, reportaj, intervyu, hisobot janrlariga oid materiallarga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2023-yil 16-noyabrdagi 01-23/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada tahririyat tomonidan e’lon qilingan materiallar tahriri hamda axborotni o‘quvchi uchun kerakli va qiziqarli matnga aylantirish, shuningdek, jozibadorligini oshirish borasida samaradorlik darajasi oshirilgan.