Jumaniyazova Nodira Xudayberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “9-10 sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”  13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5029.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Uchkun Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Malohat Tursunovna, professor; Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 9-10-sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
9-10 sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tayanch kompetensiyalar amaliy integrativligini optimallashtirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda o‘qitishning tadqiqiy salohiyatini kengaytirish va ijodiy faoliyatni bosqichma-bosqich individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi talim subektlari o‘rtasidagi qayta aloqani ta’minlash hamda baholashning motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlarini axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy pragmatik yaxlitligini  qiyosiy baholash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli tabiiy-amaliy bilimlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik hamda o‘quv axborotlarini tahliliy-sintetik qayta ishlash, imitatsiyalarini yaratish va o‘quv materiallarini interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
9-10 sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni “Atamalar zanjiri” “Charxpalak”, “Tushunchalar tahlili”, “Insert” va boshqa metodlar xususiy va umumiy parametrlarining yaxlit konvergent ta’limiy imkoniyatlarini prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan matijalar asosida:
9-10 sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tayanch kompetensiyalar amaliy integrativligini optimallashtirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda o‘qitishning tadqiqiy salohiyatini kengaytirish va ijodiy faoliyatni bosqichma-bosqich individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining  2023 yil 28 sentyachbrdagi 2/3.2-son qarori asosida berilgan 298-U-82-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tayanch kompetensiya-larini  rivojlantirishga oid pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish uchun sharoit yaratilgan;
9-10 sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni “Atamalar zanjiri” “Charxpalak”, “Tushunchalar tahlili”, “Insert” va boshqa metodlar xususiy va umumiy parametrlarining yaxlit konvergent ta’limiy imkoniyatlarini prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-martdagi 02-07-787-raqamli dalolatnomasi). Natijada,  innovatsiyon taʼlim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi talim subektlari o‘rtasidagi qayta aloqani ta’minlash hamda baholashning motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlarini axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy pragmatik yaxlitligini  qiyosiy tahlil qilish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining  2023- yil 28- sentyachbrdagi 2/3.2-son qarori asosida berilgan 298-U-82-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarida biologiya faniga oid kompetensiyalarni rivojlantirish bosqichlari va baholash mezonlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli tabiiy-amaliy bilimlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik hamda o‘quv axborotlarini tahliliy-sintetik qayta ishlash, imitatsiyalarini yaratish va o‘quv materiallarini interpretatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-martdagi 02-07-787-son dalolatnomasi).  Natijada, biologiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish