Etmishboev Muxtorjon Ma’murjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sport sohasidagi agentlar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu735.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Azizov Xudoyqul Tojievich, yuridik fanlar nomzodi, professor.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport sohasidagi agentlar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vositachi (sport bo‘yicha agent): professional sport va futbol subekti hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs (shu jumladan, xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxs) bo‘lib, u yuridik va boshqa harakatlarni bajarish orqali futbolchilar va trenerlarni professional futbol klubiga (shu jumladan, xorijiy klublarga) ishga joylashtirishda ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatni haq evaziga yoki bepul amalga oshirishi, jumladan, transfer kontrakti (shartnomasi)ni tuzish va/yoki mehnat shartnomasini tuzish (o‘zgartirish, bekor qilish) maqsadida futbolchilar, trenerlar va/yoki klublar (shu jumladan, xorijiy klublar) manfaatlarini himoya qilishi asoslab berilgan;
Etika qo‘mitasi O‘FAning Intizom va Etika kodekslarida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustavida nazarda tutilgan sanksiyalarni rasmiy shaxslar, futbolchilar, klublar hamda match agentlarga va vositachilari (agentlar)ga nisbatan qo‘llashi mumkinligi asoslantirilgan;
FIFA, OFK, O‘FA, O‘zPFL Ustavlari va Reglamentlari yurisdiksiyasida bo‘lgan, futbolchining boshqa klubga o‘tishini engillashtirish maqsadida professional futbolchi va klub o‘rtasida futbolchining shartnoma munosabatlarini buzishga rag‘batlantirishga urinayotgan har qanday shaxs (klublar vakillari, agentlar, futbolchilar va h.k.) jazolanishi asoslab berilgan;
sport bo‘yicha agentlar faoliyati – bu sport tizimining subektlariga shartnoma va shartnomadan tashqari asosda ko‘rsatiladigan va asosan ixtisoslashgan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni rasmiylashtirishga qaratilgan vositachilik xizmatlari to‘plami shaklida professional asosda amalga oshiriladigan harakatlar majmuidan iboratligi asoslantirilgan;
sport agentining huquqlari – jismoniy tarbiya va sport subektlarining takliflarini o‘rganish, mehnat, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish va ularni tuzishda professional sport subektlari manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish, o‘z manfaatlarini ifodalovchi sport subektlarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, homiylar, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yurituvchi reklama beruvchilar bilan hamkorlik qilish, aksiyalarda ishtirok etish uchun eng foydali takliflarni izlash, sport subektlari manfaatlarini ifodalaganlik uchun haq (daromad) olish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirishdan iboratligi asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
vositachi (sport bo‘yicha agent): professional sport va futbol subekti hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs (shu jumladan, xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxs) bo‘lib, u yuridik va boshqa harakatlarni bajarish orqali futbolchilar va trenerlarni professional futbol klubiga (shu jumladan, xorijiy klublarga) ishga joylashtirishda ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatni haq evaziga yoki bepul amalga oshiradi, shu jumladan, transfer kontrakti (shartnomasi)ni tuzish va/yoki mehnat shartnomasini tuzish (o‘zgartirish, bekor qilish) maqsadida futbolchilar, trenerlar va/yoki klublar (shu jumladan, xorijiy klublar) manfaatlarini himoya qilishi to‘g‘risidagi taklif “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustavi”ning 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023-yil 28-avgustdagi dalolatnomasi). Ushbu taklif fuqarolik huquqida agentlik munosabatlaridan biri bo‘lgan sport agentining huquqiy maqomini belgilashga xizmat qilgan;
Etika qo‘mitasi O‘FAning Intizom va Etika kodekslarida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustavida nazarda tutilgan sanksiyalarni rasmiy shaxslar, futbolchilar, klublar hamda match agentlarga va vositachilariga (agentlarga) nisbatan qo‘llashi mumkinligiga oid taklif “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2021-yil 19-iyun kuni navbatdan tashqari Kongressida tasdiqlangan “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustavi”ning 62-modda 2-qismi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023-yil 28-avgustdagi dalolatnomasi). Ushbu taklif futbol bo‘yicha sport agentlarining sport tashkilotlari va sportchining oldidagi javobgarligini belgilashga xizmat qilgan;
FIFA, OFK, O‘FA, O‘zPFL Ustavlari va Reglamentlari yurisdiksiyasida bo‘lgan, futbolchining boshqa klubga o‘tishini engillashtirish maqsadida professional futbolchi va klub o‘rtasida futbolchining shartnoma munosabatlarini buzishga rag‘batlantirishga urinayotgan har qanday shaxs (klublar vakillari, agentlar, futbolchilar va h.k.) jazolanishi to‘g‘risidagi taklif “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasi byurosining 2020-yil 31-dekabrdagi “Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament”ning 17-modda 5-bandi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023-yil 28-avgustdagi dalolatnomasi). Ushbu taklif futbol bo‘yicha sport agentlarining majburiyatlari va javobgarlik holatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
sport bo‘yicha agentlar faoliyati – bu sport tizimining subektlariga shartnoma va shartnomadan tashqari asosda ko‘rsatiladigan va asosan ixtisoslashgan subektlar o‘rtasidagi munosabatlarni rasmiylashtirishga qaratilgan vositachilik xizmatlari to‘plami shaklida professional asosda amalga oshiriladigan harakatlar majmuidan iboratligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida nashr etilgan “Jismoniy tarbiya va sport” nomli darslikning 8-bob 8.2-paragrafi 242–245-betlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2024-yil 23-yanvardagi 38/1-18-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sport bo‘yicha agentlar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq munosabatlar doirasini aniqlashga xizmat qilgan;
sport agentining huquqlari – jismoniy tarbiya va sport subektlarining takliflarini o‘rganish, mehnat, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish va ularni tuzishda professional sport subektlari manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish, o‘z manfaatlarini ifodalovchi sport subektlarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, homiylar, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yurituvchi reklama beruvchilar bilan hamkorlik qilish, aksiyalarda ishtirok etish uchun eng foydali takliflarni izlash, sport subektlari manfaatlarini ifodalaganlik uchun haq (daromad) olish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirishdan iborat ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida nashr etilgan “Jismoniy tarbiya va sport” nomli darslikning 8-bob 8.2-paragrafi 242–245-betlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2024-yil 23-yanvardagi 38/1-18-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sport sohasidagi agentlar faoliyatida ularning fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish jarayonidagi huquqlarini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish