Pirnazarov Ilxom Islamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Issiqxonalarda optimal mikroiqlim sharoitlarini takomillashtirish”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2956.
Ilmiy rahbar: Boboev Sobirjon Murodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor. Abdullaev Qulmamat Yusupovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiqxonalarda organik toza meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirishda optimal mikroiqlim sharoitini taminlash maqsadida energiya tejamkor issiq havo tarqatuvchi uskunalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqxonalardagi mikroiqlim sharoitini yaxshilash uchun teng taqsimlangan teshikli energiya tejamkor havo tarqatuvchi qurilmasi ishlab chiqilgan;
aylana teshikli quvurlarning o‘rnatish qulayligini va issiqxona muhitida mo‘ljallangan qo‘llanilishini sinchkovlik bilan baholash va quvur ichida havoning aerodinamik rejimlarini o‘rgangan holda issiqxonada isitiladigan havoni teng taqsimlashga erishilgan;
issiqlik almashinuv jarayonlari asosida issiqlik miqdorlari havo quvuri uzunligi bo‘yicha havo harakati tezlik va haroratining statsionar va nostatsionar rejimlarni matematik modellashtirish asosida aniqlangan;
issiqxonalarda harorat bir darajaga farq qilganda (t_st,t) bir birlik yuzadan (1 m2) vaqt birligida (1 sek) uzatiladigan issiqlik miqdorini ifodalaydigan, devor yuzasi va uni yuvib turuvchi suyuqlik o‘rtasidagi issiqlik almashinuvining intensivligini baholash koeffisienti Nyuton qonunlaridan foydalangan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqxonalarda optimal mikroiqlim sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taklif etilgan issiqxonalarda optimal mikroiqlim sharoitlarini takomillashtirishdan olingan natijalar Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi “GREENHOUSE FRUIS” MChJ ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5-yanvardagi №07/23-9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada soviq iqlim sharoitida issiqxonalarda talab etiladagan xarorat-namlik rejimini ta’minlash uchun issiqxonada mikroiqlimni yaratib beruvchi energiya tejamkor havo tarqatuvchi qurilmasining takomillashtirilgan sxemasi hamda quvrlar orqali issiqlik berishda issiqlik massa almashinuvining matematik modeli ishlab chiqilgan;
taklif etilgan issiqxonani yuqori qismida joylashgan issiq havoni quvurlar orqali so‘rib, issiqxonani pastki qismi havosiga beriladigan issiqlik miqdorini oshirishdan olingan natijalar Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “JO‘ShQIN SERVIS” MChJ ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5-yanvardagi №07/23-9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada issiqxonalarda har bir gektar maydon uchun energiya sarfiga ketadigan umumiy xarajatdan 30-35 mln. so‘m iqtisod qilinishiga erishilgan.