Sadikov Akramjon Ro‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “To‘qimachilik materiallarni olovbardoshligini oshirish uchun ftalotsianin pigmentlari asosida antipirenlar olish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4552.
ilmiy rahbar: Toshkent kimyo texnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti t.f.d, pofessor Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Toshkent kimyo texnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar sifatida Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati instituti texnika fanlari doktori, dotsent Yuldosheva Ozodaxon Muxammadsodiq qizi va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi “Aholi va hududlarni muhandislik muxofazasi” kafedrasi boshlig‘i, t.f.f.d. dotsent Lityaga Artyom Valerevichlar.
Yetakchi tashkilot sifatida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy xom ashyolardan ftalotsianin pigmentlari asosida antipirenlar olish va to‘qimachilik materiallarini olovbardoshligini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
ftalotsianin pigmentlari, ortofosfor kislotasi, ammofos, karbamid, pentaeritritlarni maqbul nisbatlari aniqlangan, hamda oligomerlanish reaksiyasi asosida AK–1 va AK–2 markali yangi namunadagi antipiren tarkiblari olingan;
to‘qimachilik materiallariga AK–1 va AK–2 markali antipiren tarkiblarining optimal nisbatlarda qo‘llanilishi va ularning ta’sir mexanizmi natijasida kislorod indeksi (KI) 18,5% dan 35,5% ga yaxshilanganligi aniqlangan;
antipirenlar bilan to‘qimachilik materiallarga 100–150℃ haroratlarda ishlov berilib olingan olovbardosh materiallarni tarkibida azot, fosfor va metall bo‘lgan funksional guruhlari hisobiga massa yo‘qotilishi 19,84% gacha, yog‘och materiallarga antipirenlar bilan ishlov berilganda esa 6 yilgacha ekanligi, ushbu tarkiblarni 1–guruxga kirishi materiallarni alanga ta’sirida massa yo’qotish usuli orqali aniqlangan;
Ftalotsianin pigmentlaridan iborat AK–1 va AK–2 markali antipiren kompozisiyalarni olishda oligomerlanish reaksiyasi 80–100°C haroratda, 3,0 soat davomida katalizator ishtirokida samarali ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ftalotsianin pigmentlari asosida antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
To‘qimachilik sanoati materiallarini yong‘indan himoyalash maqsadida yaratilgan ftalotsianin pigmentlari asosidagi yangi antipiren tarkiblar “STATERM” MChJ hamda “Seven systems” MChJ da to‘qimachilik matolari ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi 5/4/38-3321-son ma’lumotnomasi). Natijada olovbardosh to‘qimachilik sanoati materiallarining massa yo‘qotishi 19,84% bo‘lishiga (ishlov berilmagan to‘qimachilik sanoati materiallari 97,6 % ni tashkil etgan) va to‘qimachilik sanoati materiallari kislorod indeksini 18,5% dan 35,5% gacha oshirish imkonini bergan;
Ftalotsianin pigmentlari asosidagi antipiren tarkiblar “STATERM” MChJ hamda “Seven systems” MChJ da to‘qimachilik matolari ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi 5/4/38-3321-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli antipirenlarni mahalliy mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish