Axmatova Mohigul Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizmda transport xizmatlari sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3156.
Ilmiy rahbar: Hamroev Halim Roziqovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/05.05.2023.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjaniyazov Elbek Sardorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasida transport xizmatlari sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy jihatdan transport xizmati sifatini baholash yondashuvi turizmda transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarining innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlanganligiga ko‘ra 1-daraja (0:0,2), 2-daraja (0,2:0,4), 3-daraja (0,4:0,6), 4-daraja (0,6:0,8) va 5-daraja (0,8:1) koeffisientli guruhlarga tabaqalashtirish hamda har bir tegishli guruh bo‘yicha innovatsion o‘zgarishlarni baholash ko‘rsatkichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
turizmda transport xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini baholash uslubiyoti turistik tashish (birinchi daraja), transfer (ikkinchi daraja), tur-safar (uchinchi daraja) va transport taminoti (to‘rtinchi daraja)ga asoslangan “4T” darajalar tizimi orqali takomillashtirgan;
turizm sohasidagi avtotransport korxonalarining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishda Xerfindal-Xirshman indeksiga asosanlangan holda  o‘zaro birlashish, bozorga ta’sirini baholash va monopoliyaga qarshi kurashishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqligi taklifi asoslangan;
Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi turistlarga ko‘rsatiladigan transport xizmatlari dinamikasi asosida transport xizmatining polinimal trend tenglamasi orqali 2024-2028-yillarning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizmda transport xizmatlari sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy jihatdan transport xizmati sifatini baholash yondashuvi turizmda transport xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarning innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlanganligiga ko‘ra 1-daraja (0:0,2),  2-daraja (0,2:0,4), 3-daraja (0,4:0,6), 4-daraja (0,6:0,8) va 5-daraja (0,8:1) koeffisientli guruhlarga tabaqalashtirish hamda har bir tegishli guruh bo‘yicha innovatsion o‘zgarishlarni baholash ko‘rsatkichlarini kiritish asosida takomillashtirish taklifidan “Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 194-540 sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizmda transport xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini 5 ta guruhga strategik baholash natijalari aniqligini oshirish imkoni yaratilgan. Tadqiqot ishi natijalari “Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
turizmda transport xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini baholash uslubiyoti turistik tashish (birinchi daraja), transfer (ikkinchi daraja), tur-safar (uchinchi daraja) va transport ta’minoti (to‘rtinchi daraja)ga asoslangan “4T” darajalar tizimi orqali takomillashtirish taklifidan “Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 194-540 sonli guvohnoma). Tadqiqot ishi natijalari “Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
turizm sohasidagi avtotransport korxonalarining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishda Xerfindal-Xirshman indeksiga asoslangan holda o‘zaro birlashish, bozorga ta’sirini baholash va monopoliyaga qarshi kurashishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqligi taklifidan “Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 194-540 sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xerfindal-Xirshman indeksi (HHI>0,25) oraliqda bo‘lganligi hisobidan Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan turistlarga xizmat koʼrsatuvchi transport xizmatlari bozorining yuqori konsentratsiyalanishi to‘g‘risida talabalarga tahliliy mahlumotlar berilgan. Tadqiqot ishi natijalari “Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
Buxoro viloyatida tashrif buyuruvchi turistlarga ko‘rsatiladigan transport xizmatlari dinamikasi asosida transport xizmatining polinimal trend tenglamasi orqali ishlab chiqilgan 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-135-sonli Qarorining 2a va 2b-ilovalarida belgilangan maqsadli parametrlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2023-yil 21-dekabrdagi 02-12-17-2177-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi turistlarga ko‘rsatiladigan transport xizmati 2024-2028-yillar davomida o‘rtacha o‘sish 19,1 foiz diapazonga teng  maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish