Shamsiev Nodir Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari depozit operatsiyalari samaradorligini oshirish istiqbollari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3793
Ilmiy rahbar: Saipnazarov Sherbek Shaylavbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Karabaev Nodir Abduxamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lib tijorat banklarida depozit operatsiyalarini samaradorligini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasi va depozit siyosatlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik va muvofiqlikni ta’minlash asosida banklarning mazkur faoliyat yo‘nalishlaridagi mehnat sarfi hamda operatsion xarajatlarini qisqartirish asoslangan;
tijorat bankining “Mijozlarning sodiqligi” modeli asosida qo‘yilgan depozitlar yillar kesimida “past” (0 < Dp ≤ 1 yil), “o‘rta” (1 yil < Do‘ ≤ 3 yil), “yaxshi” (3 yil < Dya ≤ 5 yil va undan ortiq) sifatida baholash orqali depozit operatsiyalarini optimallashtirish asoslangan;
tijorat banklari uzoq muddatli kreditlari va muddatli depozitlari (asosan 1 yildan ortiq) o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash orqali banklardagi transformasiya riskini samarali boshqarish taklif etilgan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarining depozit operatsiyalari samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari depozitlari hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida depozit operatsiyalarini samaradorligini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasi va depozit siyosatlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik va muvofiqlikni ta’minlash asosida banklarning mazkur faoliyat yo‘nalishlaridagi mehnat sarfi hamda operatsion xarajatlarini qisqartirish taklifi ATB “Mikrokreditbank”ning 2023 yilga mo‘ljallangan depozit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida o‘z aksini topgan va bank amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 fevraldagi 04-16/5083-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklarining depozit siyosatini boshqa siyosatlar bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash, depozit operatsiyalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, depozit bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish, depozit siyosatini amalga oshirish va joriy holatini tahlil etish hamda nazorat qilish tizimini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilib, yuqorida keltirilgan faoliyat yo‘nalishlaridagi mehnat sarfini 4 foizga pasaytirgan holda bankning operatsion xarajatlarini 1,1 foizga kamayishiga olib kelgan;  
tijorat bankining “Mijozlarning sodiqligi” modeli asosida qo‘yilgan depozitlar yillar kesimida “past” (0 < Dp ≤ 1 yil), “o‘rta” (1 yil < Do‘ ≤ 3 yil), “yaxshi” (3 yil < Dya ≤ 5 yil va undan ortiq) sifatida baholash orqali depozit operatsiyalarini optimallashtirish taklifi ATB «Mikrokreditbank»ning amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 fevraldagi 04-16/5083-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat bankining 2023 yil yakuniga ko‘ra bankka depozit qo‘ygan mijozlar soni 5000 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan yuridik shaxslar depoziti 9 foizga va jismoniy shaxslar depoziti 11,5 foizga oshishga erishilgan;
tijorat banklari uzoq muddatli kreditlari va muddatli depozitlari (asosan 1 yildan ortiq) o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash orqali banklardagi transformasiya riskini samarali boshqarish taklifi ATB «Mikrokreditbank»ning risklarni boshqarish  amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 fevraldagi 04-16/5083-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tijorat bankida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan transformasiya riskini samarali boshqarish bilan birga bir yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlarni 132 mlrd. so‘mga oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarining depozit operatsiyalari samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari depozitlari hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 2030 yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 fevraldagi 04-16/5083-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli istiqboldagi depozitlari hajmi hamda u bilan bog‘liq asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish