Ismailov Shohruxmirzo Zakirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: VIII-XIII asrlarda Xorazmshohlar tangalari, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar783.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Xorazm Ma’mun akademiyasi.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xoliqulov Ahmad Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi VIII-XIII asrlar boshlarida Xorazmshohlar davrida zarb qiligan tangalarni numizmatik jihatdan tahlil qilish orqali bu davrda sodir bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy voqeliklarni yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VIII-XIII asrlarda Afrig‘iylar, Ma’muniylar, Anushteginiylar davriga oid Xorazmda zarb qilingan tangalar iqtisodiy munosabatlar uchun muayyan bir vosita rolini bajarish bilan birga, hukmron sulolalarning ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jihatlarini ham o‘zida aks ettirganligi isbotlangan;
VIII-XIII asrlarda Xorazmshohlar sulolalari hukmdorlari tomonidan zarb qilingan jami 237 tipga oid tangalar aniqlanganligi, ulardan ayrim tiplari shu paytgacha ilmiy tahlil qilinmaganligi aniqlanib, ular o‘zining Xuroson yoki Movarounnahr va Xorazm tangalari kabi ko‘plab turlari mavjudligi dalillangan;
X asrda Xorazmning ikkiga bo‘linishi jarayoni 959-967-yillar oralig‘ida sodir bo‘lgani va uning sabablari, Ma’muniylardan Muhammad ibn Ali 967-yilda amir sifatida taxtga kelgani va afrig‘iy hukmdor Ahmadning siyosiy faoliyati haqidagi yangi ilmiy ma’lumotlar tangalar tahlili yordamida isbotlangan;
Sharqiy va Shimoliy Evropa, Skandinaviya yarimoroli, Janubiy-G‘arbiy Osiyo hududlaridan topilgan Afrig‘iylar sulolasi hukmdorlarining, Sharqiy Evropa va Janubiy Sibir hududlaridan topilgan Ma’muniy hukmdorlar tangalarining tahlili asosida, VIII-XIII asrlarda Xorazmning Buyuk ipak yo‘li tarmoqlari bo‘ylab Skandinaviya yarimorolidan Damashqgacha, Qora dengizdan Xitoygacha bo‘lgan savdo munosabatlarida o‘ziga xos o‘rin tutganligi yozma manbalar, muzey ashyolari, numizmatik eksponatlar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. VIII-XIII asrlarda Xorazmshohlar davriga oid tangalarning tadqiq etish va ular asosida shu davrda sodir bo‘lgan siyosiy jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
Miloddan avvalgi asrlardan boshlab Xorazm tangalari o‘ziga xos ikonografiyasi (old yuzasida toj kiygan hukmdorlar portreti, teskari yuzasida otliq-chavandoz va hukmdorlar tamg‘asi), peleografik jihatlari va unvoni (qadimgi xorazmiy yozuvida MR’Y MLK’ ya’ni, “mening hukmdorim” iborasi) bilan O‘rta Osiyoning boshqa hukmdorlari tangalaridan farq qilgani, bunday tasvirlar arablar Xorazmga kirib kelgandan keyin ham tasvirlashda davom etilgani, biroq IX asr boshidan boshlab Xorazmshoh Afrig‘iy hukmdorlarning so‘nggi vakillari va Ma’muniy hukmdorlar tangalarida musulmon tanga zarbiga xos an’analar yetakchilik qila boshlaganiga oid ma’lumotlar va tadqiqot natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya”, “Tarixdan savol”, “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-maydagi 02-06-751-son ma’lumotnomasi). Ushbu olingan ilmiy natijalardan yurtimiz tarixini targ‘ib qilish, yurtimiz aholisini tarixiy bilimlarini oshirish, O‘zbekiston tarixining o‘rganilmagan sahifalarini yangi tadqiq etilgan ilmiy ma’lumotlar asosida ochib berishda foydalanish mumkin;
VIII-XIII asr boshlarida Xorazmshohlar sulolalari hukmdorlari tomonidan zarb qilingan mavjud tangalarni tahlil qilish va tiplarga ajratish asnosida ular jami 237 tipga oid ekanligi, tangalarning Xuroson, Movarounnahr va boshqa hududlarda zarb qilingan ko‘plab turlari mavjudligi bilan bog‘liq ma’lumotlar, tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari” bandini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 10-apreldagi 133-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot ishidan O‘zbekiston yoshlarining xususan, oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual salohiyatini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash shuningdek, o‘z tarixini bilishga qiziqishlarini oshirish, yurtimizning boy tarixiy merosini davlat va xalqaro miqyosda targ‘ib qilishda foydalanish mumkin;
Afrig‘iy Xorazmshoh Ahmad ibn Muhammad, Somoniylar noibi Abdulloh ibn Ashkomning 942, 952, 959-yillarda ozodlik harakatlari oqibatida Xorazmning ikkiga bo‘linishi jarayoni 959-967-yillar oralig‘ida sodir bo‘lgani va Ma’muniy hukmdor Muhammad ibn Alining 967-yilda amir sifatida taxtga kelishi kabi yangi ilmiy ma’lumotlar Shvesiya, Germaniya muzeylarida saqlanayotgan Xorazmshohlar davri tangalarining tahlili yordamida olingan ma’lumotlar va tadqiqot natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya”, “Tarixdan savol”, “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-maydagi 02-06-751-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar yurtimiz tarixini keng targ‘ib qilish, aholini va shu mavzu ustida ish olib borayotgan tadqiqotchilarni mavzu bilan to‘laqonli tanishtirishga xizmat qiladi;
Xorazmning Buyuk ipak yo‘li tarmoqlari bo‘ylab VIII-XIII asrlarda Skandinaviya yarimorolidan Damashqgacha, Qora dengizdan Xitoygacha bo‘lgan savdo munosabatlarida o‘ziga xos tranzit hudud vazifasini o‘tab bergani yozma manbalar, muzey ashyolari va turli davlatlar hududidan topilgan Xorazmshohlar davri tangalarining tahlili asosida olingan ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining bir qator bandlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 10-apreldagi 133-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot ishidan yoshlarning vatanparvarlik ruhini oshirish, vatan tarixi fani bo‘yicha intelektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, vatanimizning turizm salohiyatini mahalliy va xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish ishlarida foydalanish mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish