Urazmatov Jonibek Musurmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1232
Ilmiy rahbar: Amanov Akram Mirzaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/30.12.2019.1.17.01
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Sofarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berilishi hamda soliq organlari tomonidan monitoring davomida soliq xavfi holatlari aniqlanganda mazkur guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yilishi tartibini kiritish taklifi asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish, o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining axborot tizimida aks ettirish talabini kiritish asoslangan;
soliq organlari tomonidan davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi inobatga olinmasligi hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibini bekor qilish taklifi asoslangan;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qarz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘lsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun mablag‘ ajratilgunga qadar loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib to‘lash huquqini berish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning metodologik asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berilishi hamda soliq organlari tomonidan monitoring davomida soliq xavfi holatlari aniqlanganda mazkur guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yilishi tartibini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162-sonli Farmonida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 7 maydagi 16/1-43287-son ma’lumonomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish hamda besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan so‘ng kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to‘xtatib turilishi imkoni yaratilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish, o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining axborot tizimida aks ettirish talabini kiritish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi 595-son qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 7 maydagi 16/1-43287-son ma’lumonomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitob amaliyotlarini uch ish kunidan kechiktirmasdan soliq idoralarining axborot tizimida aks ettirish imkoniyati yaratilgan;
soliq organlari tomonidan davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi inobatga olinmasligi hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-sonli Farmonida tasdiqlanib, o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 7 maydagi 16/1-43287-son ma’lumonomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi inobatga olinmasligi hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilingan;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qarz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘lsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun mablag‘ ajratilgunga qadar loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib to‘lash huquqini berish taklifi takliflari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-apreldagi 167-son qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 7 maydagi 16/1-43287-son ma’lumonomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun mablag‘ ajratilgunga qadar loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib to‘lash huquqi berilgan.