Bekchanov Zufarbek Madrimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Falsafada inson irodasi va uning sotsiogumanistik mohiyati, 09.00.04-Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal810.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Allayorova Soliha Narzulloevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafada iroda fenomeniga oid ijtimoiy falsafiy konsepsiyalarning sotsiogumanistik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“iroda” tushunchasining ilmiy-etimologik, aksiologik, gnoseologik, filantropik, nazariya va amaliyot birligiga oid ratsional-pragmatik aspektlari shaxs orzu-istaklarini amalga oshirishning psixo-fiziologik xususiyatlarini namoyon etishi isbotlangan;
Sharq va G‘arb falsafasidagi “Men” fenomenining deterministik xususiyatlari inson irodasining o‘z kuchiga ishonish, shijotlilik, intiluvchanlik kabi sotsiogumanistik tushunchalar orqali dialektik aloqadorlikda ekanligi mantiqiy dalillangan;
insonga xos bo‘lgan fiziologik, psixologik, kognitiv-sensitiv kechinmalari, istak-mayllari, xohish va intilishlari, matonatlilik kabi irodaviy sifatlari ratsionalizm va empirizm bilan bog‘liq holda rivojlanishi falsafiy asoslangan;
Sharq va G‘arb falsafasidagi ijtimoiy psixologizm, zamonaviy pragmatizm g‘oyalar takomillashuvi shaxsiy ehtiyoj, qiziqish, maqsad, xarakter singari inson faoliyati bilan bog‘liq determinantlarining pozitiv ko‘rinishlari orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Falsafasidagi iroda va uning inson, jamiyat taraqqiyotiga gumanistik ta’sirini asoslab berishga qaratilgan ilmiy xulosa, amaliy tavsiya va takliflar asosida:
“iroda” tushunchasining ilmiy-etimologik, aksiologik, gnoseologik, filantropik, nazariya va amaliyot birligiga oid ratsional-pragmatik aspektlari shaxs orzu-istaklarini amalga oshirishning psixo-fiziologik xususiyatlarini namoyon etishi isbotlanganligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” deb nomlangan III yo‘nalishida berilgan “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvarlar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi Oʻzbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi 13-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-iyuldagi 250-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘arb falsfasidagi iroda fenomeniga oid ijtimoiy falsafiy konsepsiyalarini o‘rganish va ularning sotsiogumanistik mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb falsafasidagi “Men” fenomenining deterministik xususiyatlari inson irodasining o‘z kuchiga ishonish, shijotlilik, intiluvchanlik kabi sotsiogumanistik tushunchalar orqali dialektik aloqadorlikda ekanligiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining “Bolalar va yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv” nomli tashabbusli dastur loyihasi doirasida foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2023-yil 26-maydagi 03-08/10-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz hududlarining ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq davlat va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish, modernizatsiya qilish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarini ilgari surish hamda qarorlarni qabul qilishda yoshlarning ishtirokini oshirish, shuningdek, davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining yoshlar bilan muloqat qilish ishlarini yanada samarali tashkil qilishga oid bilimlarini o‘zlashtirishga xizmat qilgan;
insonga xos bo‘lgan fiziologik, psixologik, kognitiv-sensitiv kechinmalari, istak-mayllari, xohish va intilishlari, matonatlilik kabi irodaviy sifatlari ratsionalizm va empirizm bilan bog‘liq holda rivojlanishiga oid taklif-tavsiyalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2018-2020-yillarda bajarilgan “Qoraqalpog‘iston jamiyatidagi ijtimoiy ko‘rsatmalar transformatsiyalashuvi: tarix va amaliyot” mavzusidagi PZ-20170915198 raqamli amaliy loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 8-maydagi 211/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada asoslab berilgan xulosalardan kelib chiqqan holda davlat organlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirishga daxldor tavsiyalar ishlab chiqishga manba bo‘lib xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb falsafasidagi ijtimoiy psixologizm, zamonaviy pragmatizm g‘oyalar takomillashuvi shaxsiy ehtiyoj, qiziqish, maqsad, xarakter singari inson faoliyati bilan bog‘liq determinantlarining pozitiv ko‘rinishlari orqali namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 19-apreldagi O‘z\Rv-23-23-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va islohotlar hayotga va yaratishda insoniyatni iroda fenomeni orqali, ya’ni sabr, matonat, chaqqonlik va dadillik ko‘rsatib yashashga intilishlari hamda innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga, yoshlarda kuchli iroda va jasorat kabi xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qilgan.