Elov Dilshod Abdujabbarovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot va 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt10.
Ilmiy maslahatchi: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kadirov Abdurashid Majitovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sotvoldiev Nodir Jo‘rabaevich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Saidaxmedova Nodira Ilxamovna.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mintaqalarda agrar soha va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi mutanosiblikni Zarafshon, Mirzacho‘l va Farg‘ona iqtisodiy hududlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subektlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga ular o‘rtasida zamonaviy “ishlab chiqarish-qayta ishlash-sotish zanjiri”ga integratsiya qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Quyi Amudaryo va Farg‘ona iqtisodiy hududlarida sohada talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar hamda qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari uchun ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplash orqali qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish taklifi asoslangan;
agrar soha va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga qishloq xo‘jaligida ijara haqini hududlardagi bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda belgilash tartibini joriy qilish orqali erishish taklifi asoslangan;
Orolbo‘yi mintaqasida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlashga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga  subsidiyalash orqali mintaqada agrar sohani rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini agrar sohada davlat organlarining veterinariya, fitosanitariya, sertifikatsiyalash va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini yaratish asosida mamlakatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaviy agrosanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
Zarafshon, Mirzacho‘l va Farg‘ona iqtisodiy hududlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subektlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga ular o‘rtasida zamonaviy “ishlab chiqarish     qayta ishlash-sotish zanjiri”ga integratsiya qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi, 2-bobining 37-xatboshini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 9-fevraldagi 05/27-08/139-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqalarda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subektlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalari rivojlanishiga erishiladi;
Quyi Amudaryo va Farg‘ona iqtisodiy hududlarida sohada talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar hamda qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari uchun ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplash orqali qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasining 3-yoʻnalishi, 24-punkti va 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 10-bandi, 1-xatboshini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 9-fevraldagi 05/27-08/139-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda agrar sohada ishlab chiqarish bilan ilm-fan o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikning ta’minlanishi hisobiga agrosanoat korxonalarining innovatsion faolligi ortishiga erishiladi;
mintaqalarda agrar soha va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga qishloq xo‘jaligida ijara haqini hududlardagi bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda belgilash tartibini joriy qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bobi, 3-bo‘limi, 17-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 9-fevraldagi 05/27-08/139-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublika qishloq xo‘jaligida er resurslaridan foydalanish samaradorligi ortib, erga egalik qilishning tashkiliy-iqtisodiy hamda huquqiy asoslari takomillashishiga erishiladi;
Orolbo‘yi mintaqasida agrar sohani davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini hududda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlashga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini byudjet mablag‘lari hisobiga  subsidiyalash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 2-bobi, 3-bo‘limi, 7-xatboshi va 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasining 8-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 9-fevraldagi 05/27-08/139-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikaning “og‘ir” hududlarida agrosanoat ishlab chiqarishini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi takomillashtirishga erishiladi;
mintaqalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini agrar sohada davlat organlarining veterinariya, fitosanitariya, sertifikatsiyalash va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bobi, 5-bo‘limi, 1-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 9-fevraldagi 05/27-08/139-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga erishiladi;
respublikada yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini yaratish asosida mamlakatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 47, 48-maqsadlari samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 9-fevraldagi 05/27-08/139-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida agrosanoat tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat hajmining ortishi bilan birgalikda, sohada yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish